So’nggi yangiliklar

01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  0 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  9 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  0 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  0 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  1 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  11 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  9 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  11 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  49 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  4 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0

Aleksandr Xomyakov: "Abduraimov va Murtozaevning ketishi hujumda muammolarni keltirib chiqardi" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Abduraimov va Murtozaevning ketishi hujumda muammolarni keltirib chiqardi"

Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Mashal" (2:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov fikrlarini bildirib o'tdi.





"Haqiqatdan ham qiziqarli va shiddatli o'yin bo'ldi. Futbolda doim kurashlar ko'p bo'lishiga o'rganganmiz. Standart vaziyatlarda ehtiyotkorlikka etibor qaratishimizni aytgandim. Darvozamizdan ikkita to'p olib chiqdik. Xursand qiladigan jihati, to'xtab qolmadik va munosib javob qaytara oldik. O'yinni o'zi chiroyli o'tdi. Ikki jamoaga ham ochko zarur edi.  Qaysidir manoda natijadan qoniqish hosil qildim. Yigitlar oxirigacha kurashishdi, xarakter ko'rsata olishdi. To'g'ri, o'z maydonimizda "Andijon"ga mag'lub bo'lganimiz yoqimsiz tuyuldi. SHunga qaramasdan, futbolchilar o'zlarida kuch topa olishdi. Oxirgi daqiqalarda omad ham kulib boqdi", – deydi Aleksandr Xomyakov.

- Standart vaziyatlardan samara chiqarish faqat shu o'yinga berilgan ko'rsatmamidi? Jamoa ko'p hollarda standartlardan gol o'tkazib yuborayotgandi...

- So'zsiz bunga tayyor bo'lib kelgandik. Raqib qanday hujum qiladi, kuchli va kuchsiz tomonlari barchasi tahlil qilingan. "Bunyodkor" bilan kechgan so'nggi o'yinlarini kuzatdik. Ushbu uchrashuvda barcha gollar standartlardan urildi. Bugun ham deyarli shunday holat kuzatildi. Hozirlik ko'rish uchun bizda bir kun ko'p vaqt bor edi. Himoyadan tezkor hujumga o'tish bizga foyda keltirdi. Birinchi 45 daqiqalikda iloji boricha faolroq o'ynashga harakat qildik. Pressing uyushtirdik. Birinchi gol markaziy himoyachilarning qo'pol xatosidan so'ng yuzaga keldi. Goldan keyin tempni oshirdik. Fikrimcha, biz bugun ko'proq vaziyat yarata oldik. "Qo'qon-1912" bilan o'ynash doim qiyin bo'lib kelgan. Ayniqsa, so'nggi yillarda bu o'z isbotini topdi. Bir ochko qo'lga kiritganimiz yaxshi bo'ldi, deb o'ylayman. 

- "Mashal" kuchli klublarga qarshi to'pni juda yaxshi nazorat qilmoqda, lekin autsayderlar bilan bahsda bunday emas....

- Aksariyat uchrashuvlarda himoyada o'ynashimizga to'g'ri kelmoqda. Jamoamizda yuguradigan futbolchilar bor. To'g'ri, o'yinimiz qarshi hujumga asoslangan. "Andijon" bilan o'yin hech qanday vaziyat yaratolmadik. Jamoamiz pozicon hujumlarda yaxshi ko'rinmaydi, buni tan olaman. Vaziyatlar har doim bo'ladi, biroq samara chiqarishga qiynalyapmiz. G'alaba qozonish uchun raqibdan bitta ko'p gol urish kerak. Takror aytaman, o'yin juda qiziqarli bo'ldi. Kuchliroq jamoalarga qarshi to'p nazoratini qo'lga olishimizning sababi, bunday jamoalarga qarshi o'yinga ruhan tayyorlash osonroq. Bundan tashqari, himoyaviy taktika tanlash mumkin. 

- Oldingi chiziqdagi Oybek Nurmatov haqida so'ramoqchiman. U yaxshi o'ynay olmayapti. Ushbu futbolchi o'rnida maydonga tushadigan futbolchi yo'qmi yoki o'yini ochilib ketishiga ishonyapsizmi?

-  Futbolchi maydonga tushyaptimi, demak, ishonch bildiryapman. Men birdaniga 22 nafar futbolchini tushirib yubora olmayman. Har bir o'yinchida imkoniyat bo'ladi. Oybek Nurmatov ikkinchi davrada kelib qo'shildi. SHundoq ham bizda hujumchilar kam. Abduraimov va Murtozaevning ketishi hujumda muammmolarni keltirib chiqardi. SHuning uchun hujumda ko'proq o'zgarishlarni amalga oshiryapmiz. 

Oldinda bizni juda qiyin bo'lgan o'yin kutib turibdi. "So'g'diyona" bilan juda qiziqarli bahs kechishi shubhasiz. Baqoev ancha kuchli jamoani shakllantirdi. Medallar uchun kurashmoqda. Kurashuvchan xarakterdagi jamoalarga qarshi o'ynash menga yoqadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика