So’nggi yangiliklar

14:13Рэшфордга МЮ собиқ футболчиларининг танқидлари ёқмаяпти  2 14:10Нидерландия футзал терма жамоаси устози: "Ўзбекистоннинг мундиалгача бўлган барча тайёргарлик жараёнларини ўргандик"  1 13:57Деку: "Левандовски - энг зўр форвардлардан бири"  0 13:55Элбек Тўлқинов: "Нидерландия терма жамоаси асосан йирик гавдали футзалчилардан иборат экан"  0 13:41ЖЧ-2024. 1-тур. Парагвай — Коста-Рика. Превью  0 12:21"Реал"дагилар ҳавотирда  1 11:57Пеп "Сити"нинг 115та қоидабузарлиги ҳақида: "Бутун АПЛ бизни жазолашларини хоҳлаяпти"  1 11:50Карим Моссауи: "Жаҳон чемпионати торт устидаги безакдир"  0 11:37Роналду: "Иккита каламуш туфайли фаолиятимни якунламоқчи эмасман"  12 10:45"Барселона" ёз давомида сотолмаган футболчиси Ла Лиганинг август ойидаги энг яхши футболчиси бўлди  1 10:15ЖЧ-2024. 1-тур. Ўзбекистон — Нидерландия. Превью  6 10:11Тони Кроос ўзи учун янги иш топди  0 09:42Sofascore. Рустам Ашурматов кечаги учрашувда неча баҳо олди?  3 09:10Ҳисоб очилмаган "Пахтакор" - "Нефтчи" учрашувидан ГАЛEРEЯ  1 08:3631 ёшли мураббий АПЛда "ой мураббийи" бўлди  2

Aleksandr Volkov: “SHo'rtan"ga besh yil deganda etishdim" Yangiliklar

Aleksandr Volkov: “SHo'rtan"ga besh yil deganda etishdim"

"SHo'rtan"ning navbatdagi yangi bosh murabbiyi kuni-kecha klub rasmiy saytiga intervyu berdi.

- Sizni “SHo'rtan” taklifini qabul qilishga nima undadi, aniqrog'i g'uzorliklarning nimasi qiziqtirib qoldi?

- To'g'risini aytsam “SHo'rtan” jamoasiga oldindan qiziqishim baland edi. Bu jamoada ko'pchilik o'rtoqlarim ishlashgan, to'p surishgan. Har qaysi murabbiy qo'li ostida bo'lmasin “SHo'rtan” jamoasining o'yin uslubi menga doim yoqib kelgan. Bu jamoa futbolni aynan men ko'radiganimdek, xohlaganimdek (mening futbol haqidagi tasavvurimdagidek) o'ynashgan. G'uzorliklar bunaqa taklif bilan bundan oldin ham chiqishgandi, ammo nimadir sabab bo'lib, taklif amalga oshmay qolib ketgandi. Lekin bu safar taklifni qabul qildim va ko'rib turganingizdek men G'uzordaman. Sizga bir sirni ochaman, “SHo'rtan”ga erishishim uchun naqd besh yil kerak bo'ldi (kuladi).

- Siz jamoa bilan bir necha kundan beri ishlayapsiz. “SHo'rtan”dagi ichki muhit, yaratilgan sharoitlar, umuman klub to'g'risida nima deya olasiz?

- Jamoadagi yaratilgan sharoitlar maqtovga arzigulik darajada. Bu men uchun hech qachon sir bo'lmagan, chunki avval o'yinlarga kelganimda ham ko'rganman. “SHo'rtan”da futbolni rivojlantirish, futbolchi va murabbiylar ishlashi uchun etarlicha zarur shart-sharoitlar yaratib berilgan. Jamoada va qolaversa, G'uzorda meni juda iliq kutib olishdi. Yigitlar ko'rsatmalarimni birdan ilg'ab, tez o'rganishmoqda va ko'tarinki ruhda, g'ayratlanib shug'ullanishmoqda. Gohida ularni to'xtatib biroz tinchitishga ham to'g'ri kelmoqda. Bundan xulosa qilib aytsa bo'ladiki, yigitlar meni yaxshi qabul qilishdi va bundan juda baxtiyorman.

- Jamoaga yangi futbolchilar kelib qo'shilishmoqda. Qo'l ostingizdagi o'yinchilar o'rtasidagi o'zaro munosabat (tushunish) haqida nima deya olasiz? Ular o'zlarini jamoada qanday his qilishmoqda?

- Jamoaga hozircha deyarli yangi futbolchilar olinganicha yo'q. Ayni vaqtda ixtiyorimizdagi bor bo'lgan futbolchilar bilan mashg'ulotlar olib bormoqdamiz. Kelib qo'shilgan bazi futbolchilar ham “SHo'rtan”da oldin ham faoliyat ko'rsatishgan va bir-birlariga yaxshi tanish.

- Ayni vaqtda deyarli barcha jamoalarda yangi mavsumga tayyorgarlik pallasi avjida. “SHo'rtan”ning bu boradagi rejalari bilan o'rtoqlashsangiz?

- Savolingiz ancha keng ko'lamlidir. Lekin yangi mavsumga tayyorgarlik borasidagi rejalar haqida alohida gapiradigan bo'lsam, ular o'zgaruvchan, deya olaman. Bu jamoadagi futbolchilar va ularning mahorat darajasiga bog'liq. Keyingi yig'inimizni Toshkentda o'tkazamiz va u erda jamoaga kelib qo'shiladigan futbolchilarga qarab, rejalarimizga biroz yangilik kiritishimiz mumkin. Asosiy rejamiz yangi mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rib, chempionat va Kubok bahslarida “SHo'rtan”ning bor imkoniyatlarini maksimal darajada ko'rsatib, chiroyli o'yinlarimiz va ularning natijalari bilan muxlislarimizni hursand qilish.

- Muxlislar haqida gap ochdingiz. Ko'pgina futbol muxlislarini “SHo'rtan” nega bir necha mavsumdan beri qishki o'quv-yig'inlarni xorijda o'tkazmayapti, bu yil ham Toshkentdagi yig'inlar bilan chegaralanib qoladimi, degan savollar qiziqtirmoqda?!

- Xorijda yig'in o'tkazish yoki o'tkazmaslik jamoaning rahbariyatiga, aniqrog'i uning moliyaviy ahvoliga bog'liq. Misol uchun men bu borada hech qanday muammo ko'rmayapman. Sababi, o'zimizda ham qish mavsumi ancha iliq o'tmoqda va bu tayyorgarlik mashg'ulotlari uchun ayni muddao, desam yanglishmagan bo'laman. Ob-havo malumotlariga qaraganda, boshimizni ushlab qoladigan darajadagi izg'irin qish bo'lishi ham kutilmayapti. Bundan tashqari, o'zimizda suniy yoki tabiiy deysizmi, maydonlar ham etarli darajada mavjud. Yig'inning qaerda o'tkazilishi emas, qay darajada o'tishi ahamiyatliroq, deb hisoblayman.

- Jamoada qisqa vaqt davomida ishlayotganingizga qaramay, uni mutaxassis nuqtai nazaridan o'rganib chiqishga ulgurgandirsiz? SHundan kelib chiqib, bo'lajak o'yinlar sifati va natijasiga tasir o'tkazishi mumkin bo'lgan tarkibdagi talab va ehtiyojlar, zaif chiziqlar haqidagi fikrlaringiz qanday?

- Jamoada kuchaytirish zarur bo'lgan chiziqlarimiz yo'q emas. Hozir asosiy talabimizni, etiborimizni himoya chizig'idagi kamchiliklarga qaratyapmiz. To'g'ri, o'zimizda ham mahalliy yosh himoyachilar bor. Lekin ularning tayyor bo'lishiga biroz vaqt talab etiladi. Ayni vaqtda ularning kuchi bilan yangi chempionat va Kubok o'yinlarida ko'ngildagidek start ololamiz, deya olmayman. SHuning uchun himoya chizig'imizni biroz kuchaytirishimiz zarur.

- “SHo'rtan” yangi mavsumda xorijliklar xizmatidan (yordamidan) foydalanmaydi va jamoaga mahalliy futbolchilarni jalb etadi, degan gap-so'zlar yuribdi. Siz ushbu mish-mishlarni (fikrlarni) tasdiqlaysizmi?

- Malumotlar mish-mish emas. Bu klub Bosh Direktori Oblayor Rasulovning talab va takliflaridan biri edi va men uning bu boradagi qaroriga to'laligicha qo'shilaman. Xorijdan malakasiz, mahoratsiz futbolchilarni taklif qilamiz-u, mahalliy yaxshi futbolchilarimiz haqida unutib qo'yamiz. Bu borada O'zPFL hamda O'FF rahbariyati o'zining o'rinli etirozlarini bildirmoqda. Aslida esa o'zimizda olmos misoli yigitlar ko'plab topiladi. Faqat ularni tarashlab, qirralash (charxlash) uchun biroz muddat va yaxshi murabbiylar zarur. Biz ham bu borada harakatlarimizni ishga tushiramiz.

- Yangi mavsumda “SHo'rtan” rahbariyati Siz boshchiligingizdagi jamoa zimmasiga qanday maqsad va vazifalarni yukladi?

- Bu borada so'z ochishga hali biroz erta. Mavsum oldi gaplashamiz (kuladi.)

- Quraga asosan “Oq bo'rilar”jamoasi yangi futbol mavsumini voha derbisida, o'zining eng principial desa ham bo'ladigan raqibiga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Sizning fikringizcha, bu holat jamoangizga stimul beradimi yoki aksincha biroz hayiqtirib qo'ydimi?

- Har-bir raqib bilan ertami kechmi o'ynaymiz. Qaysi bilan boshida yoki oxirida o'ynashimizning esa ahamiyati yo'q, deb hisoblayman.

- O'tgan mavsumda jamoasining o'yinlari qovushmagan bir qancha murabbiylar o'yinlar o'rtasida yuzaga kelgan tanaffuslarning cho'zilib ketganligidan shikoyat qilishgandi... Sizning bu yilgi mavsum taqvimi borasidagi fikringiz?

- Yangi mavsum taqvimi haqida qandaydir fikr berishdan hozircha yiroqman. Sababi u to'laligicha aniq tuzilmagan va belgilanmagan. Xom, desa ham bo'ladi. SHikoyatlar borasida esa shuni aytib o'tishni lozim bildimki, biz shu davlatda yashaymizmi, vatanimizni borligicha sevishimiz, u bilan faxrlanishimiz kerak. Agar ushbu tanaffuslar Vatanimizni chet davlatlarda o'zini munosib ravishda ko'rsatishiga va uni butun dunyoga tanitishiga yordam berayotgan bo'lsa, bu shikoyatlarning barchasi o'rinsizdir.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика