So’nggi yangiliklar

08:00Жароҳатдан қайтган Месси жамоасини Лига кубоги финалига олиб чиқди  1 07:50Германия Кубоги. "Бавария" меҳмонда 3-лига жамоасини мағлуб этди  0 07:31Аморим кечаги мағлубиятга изоҳ берди  5 02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  10 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  14 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  38 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  5 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  9 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  34 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  15 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  102

Aleksandr Volkov: "O'zimiz qiyin holatga tushirib undan qahramonlarcha chiqib ketdik" Yangiliklar

Aleksandr Volkov: "O'zimiz qiyin holatga tushirib undan qahramonlarcha chiqib ketdik"

"Bunyodkor" - "Al Fath" (3:2) uchrashuvidan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida maydon egalari ustozi Aleksandr Volkov ishtirok etdi.
"Hayrli kech. Barchani g'alaba bilan tabriklayman. O'yin oldindan qiyin bo'lishini kutgandim. Raqib safida 77-raqamdagi futbolchi kuchli ekanini, biz hujumda o'ynashimizni aytgandim. Yaratgan biz tomonda bo'ldi, klub va mamlakatimiz uchun muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik", - deydi Aleksandr Volkov.

"Alibobo Rahmatullaev og'ir davrni boshidan o'tkazdi. Biroq bugun o'zini ko'rsatdi va gol urdi. O'zimiz qiyin holatga tushirib undan qahramonlarcha chiqib ketdik".

"Pishurda ko'p vaziyat bo'ldi, ammo gol ura olmadi. Lekin uni yomon o'ynadi deya olmayman. Kecha yodimdan ko'tarilgandi, mashg'ulotlarda juda ko'p ishlamoqda. Unda vaziyatlar ko'p bo'ldi deyapsiz, bu vaziyatga chiqish uchun ham kerakli joyda bo'lish kerak".

"Raqib safida Elton "Jon" (kuladi) yaxshi o'ynadi. "Bunyodkor" safida hech kimni maqtamoqchi emasman, shu bois hech kimni ajrata olmayman".

"Jamoa bilan birga safardagi o'yinlarga uchmasligim sog'ligim bilan bog'liq emas. Barchasi mish-mish. Qatardagi bahsga albatta boraman".

"Narigi o'yindagi natijadan xabardor bo'lib turdingizmi? Albatta. Lekin yigitlarga aytmadik. Tanaffus vaqtida yigitlar "Fulad" yutayotganini bilishdi va o'zlarini o'zlari ikkinchi bo'limga tayyorlashdi".

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика