Aleksandr Volkov: "Metallurg" xuddi jangga chiqayotgandek maydonga tushadi"
23 may 2014 22:40
Yangiliklar
Aleksandr Volkov: "Metallurg" xuddi jangga chiqayotgandek maydonga tushadi"
“Bunyodkor” – “Metallurg” uchrashuvidan keyingi matbuot ajumanining ikkinchi qismida “qaldirg'ochlar” ustozi ishtirok etdi.
- “Metallurg” bilan hech qachon oson o'yin bo'lmagan. Ular o'z jamoasini xuddi janggi chiqayotgandek tayyorlashadi. SHunday tarbiyalanashadi. Birinchi bo'limda harakatlarimiz o'zim kutgandek bo'lmadi. Tanaffusdan keyin ancha xotirjam bo'ldim. Gollar urdik, vaziyatlar yaratdik, qisqasi ancha faollashdik. Tarkibimiz ancha yoshargan. Ularga doimo aytamiz – qo'rqmanglar, oldinga o'tinglar to'p bilan ishlanglar deb. Xato qilishsa so'kmaymiz. CHunki hammamiz insonmiz. Biroq xato qilishdan qo'rqib, chiroyli o'yin namoyish qilolmayotgan futbolchilar ham bor. Qolaversa, “Bunyodkor”ning zich taqvimi ham o'z tasirini o'tkazyapti. Jamoa har 3-4 kunda o'yin o'tkazyapti. Safar qilyapti. Hali tiklanmay turib, keyingi o'yinga tayyorgarlik ketyapti. Tanaffusda jismoniy holatimizni ancha kuchaytirib olamiz, - deydi Aleksandr Gennadevich.
Fikrlar