So’nggi yangiliklar

09:15Эрик тен Хаг «Манчестер Юнайтед»нинг ривожланишига нима тўсқинлик қилаётганини айтди  1 08:51Sofascore. Кечаги учрашувда Ҳусниддин Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  0 08:27«Реал Мадрид» Мбаппега қанча бонус тўлаши маълум  5 08:03Sofascore. Кечаги учрашувда Абдуқодир Ҳусанов энг яхшиларидан бири бўлди  3 07:40Суперлига. Бугун 7-турдан ўрин олган яна 2 та учрашув бўлиб ўтади  1 07:00Лига 1. "Ренн" - "Ланс" 1:1   0 06:55Лига 1. ПСЖ - "Тулуза" 1:3   0 06:50Бундеслига. "Бохум" - "Байер" 0:5   0 06:45Серия А. "Аталанта" - "Рома" 2:1   0 06:40Серия А. "Ювентус" - "Салернитана" 1:1   0 01:57Лига 1. "Ланс" меҳмонда ғалабани қўлдан чиқарди, ПСЖ эса Мбаппенинг "Парк де Пренс"даги сўнгги ўйинида мағлуб бўлди  3 01:21"Бавария" Лондон клуби футболчисига деярли 70 млн евро тўлашга тайёр  0 00:52"Байер" 50та ўйиндан бери мағлубиятга учрамаяпти  4 00:24Симеоне испан футболида ноёб рекорд ўрнатди  4 23:45Бундеслига. "Бавария" - "Вольфсбург" 2:0   0

Aleksandr Stoymirovich: "Barchasi biz o'ylagandek bo'lmadi" Yangiliklar

Aleksandr Stoymirovich: "Barchasi biz o'ylagandek bo'lmadi"

O'zbekiston Kubogi 3-turi doirasida "Qizilqum"ga mag'lub bo'lgan "Lokomotiv" katta murabbiyi Aleksandr Stoymirovich matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yinga qadar bir qancha muammolarga duch keldik. Asosiy tarkibning 4 nafar futbolchisi safdan chiqdi, shularning 3 nafarida jarohat bo'lgan bo'lsa, o'tgan o'yinda Turdialiev qizil kartochka oldi. SHu sababli asosiy tarkibni aniqlab olish qiyin bo'ldi. Hech qanday bahonamiz yo'q, hattoki durang ham bizni guruhdan olib chiqqan bo'lardi. "Olimpik Mobiuz"ga qarshi o'yindan keyin barchasini boy berib bo'lgandik deb o'ylayman. Endi bizni chempionatdagi og'ir taqvim kutib turibdi, avvaliga Namanganda "Navbahor" mehmoni bo'lsak, keyin o'z maydonimizda OKMKni qabul qilamiz. Tarkibda o'zgarishlar bo'lishi qiyin, chunki futbolchilar ko'p emas. Zaxirada asosan yoshlar o'tiribdi. Ular hali bunday darajadagi o'yinlarda o'ynashga tayyor emas. SHu sababli bir tarkib bilan 90 daqiqa kurashishga to'g'ri keldi. Bir qancha vaziyatlar bo'ldi, o'yinni nazorat qilib turdik. Birinchi bo'limda Sardor Abdunabievda yaxshi vaziyat bo'ldi, ikkinchi bo'limda esa ikkinchi yaxshi zarbalar berdik. Yana bir bor qo'pol xatodan keyin gol o'tkazib yubordik. Bu ushbu mavsumdagi 6 golni qo'pol xatolardan keyin qo'yib yubordik, buning hammasi futbol. Bunaqasi bo'lib turadi. Lekin bu guruhdan chiqishimiz kerak edi. Endi chempionatga bor etiborimizni qaratamiz. CHempionatni anchagina kutib qoldik. Yigitlarning jismoniy holati, kayfiyatni bir maromda ushlab turish qiyin bo'ldi. Mashg'ulot jarayonlarida o'zgarishlar qildik. SHu orqali birinchi davra yakuniga qadar jismoniy holatni yanada yaxshilab olishimiz kerak. Endi oldinga harakatlanamiz va chempionat o'yinlariga tayyorgarlikni boshlaymiz.

- Guruhdan chiqa olmaslik Siz uchun shok holati emasmi?

- SHunchaki muvaffaqiyatsizlik. Lekin bu guruhdan chiqishga majbur edik. Biz Pro-liganing ikki, Superliganing bir klubiga qarshi o'ynadik va guruhdan chiqishimiz kerak edi. "Andijon"ga qarshi o'yindan keyin Jasur Hakimovni yo'qotdik, u oyog'ini sindirib oldi. Ivan Rogach mushaklarini tortib oldi. Keyinchalik Kubok o'yinida Ivan Bulatovich jarohat oldi. O'tgan o'yinda esa Turdialiev qizil kartochka oldi. Barchasi biz o'ylagandek bo'lmadi.



Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика