So’nggi yangiliklar

13:31Ансу Фати янги клубга ўтишга яқин  0 12:54"Реал" мухлислари учун хушхабар  4 12:25"Манчестер Юнайтед" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  1 11:58Фабрицио Романо: Флориан Вирц "Ливерпуль" билан шартнома имзолади  5 11:25Де Брюйненинг эҳтимолий янги клуби маълум, у Италиядан  4 11:00Роналду ўрнини босадиган беш футболчи: янги авлод юлдузлари  18 10:45“Манчестер Сити“ АПЛдан яна бир ҳимоячи сотиб олмоқчи  3 10:18Лука Модрич фаолиятини қаерда давом эттириши мумкинлиги маълум  6 09:50Клаудио Раньери “Рома“да қолади, бироқ бошқа лавозимда  5 09:23"Ал Ҳилол" Бруну Фернандешга ўйлаш учун 72 соат берди. Саудияликлар футболчига қанча ойлик бериши маълум  5 08:54Вирц “Ливерпул“га ўтиб, тарихдаги учинчи энг қиммат трансферга айланади  7 08:26Конте тарихий натижани қайд этди  13 07:55А Сериянинг энг яхши футболчиси аниқланди  5 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бўлиб ўтади  2 07:20Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Жалолиддиновдан иккита, Абдихолиқовдан битта ассист  1

Aleksandr SHmurnov: "O'zbekiston terma jamoasi nega JCHga chiqa olmayotganini bilmayman" Yangiliklar

Aleksandr SHmurnov: "O'zbekiston terma jamoasi nega JCHga chiqa olmayotganini bilmayman"

"UZREPORT TV" telekanali orqali CHempionlar ligasi birinchi tur o'yinlarini sharhlagan, "NTV+" sport jurnalisti Aleksandr SHmurnov ushbu telekanalga intervyu berdi.

Toshkent haqida

- Hammasi professional tarzda amalga oshirilmoqda. Katta futbolga bunday etibor qaratish juda yaxshi. Bunday narsa avvalroq bo'lishi kerak edi deb o'ylayman. SHahringiz menga juda yoqdi. Samarqandga borishga umid qilyapman. Toshkentda havo juda yaxshi ekan. Moskvada hozir yomg'ir, bulutlar.


SHarhlovchi bo'lish uchun nimalarni bilish lozim


- SHarhlovchi bo'lish uchun birinchi o'rinda futbolni chin dildan sevish kerak. Agar sen taqdir tufayli bu erga kelib qolsang, muvaffaqiyatga erishmaysan. SHarhlovchi yozishni bilishi kerak. Agar men matnlarda xatoni sezib qolsam, uni tezda to'g'irlashga harakat qilaman. SHarhlovchi fanat bo'lmasligi lozim, muxlis bo'lish mumkin. Fanat bor kuchi bilan o'z jamoasi uchun qayg'uradi. Muxlis esa futbolni sevadi. Men "Barselona"ni yaxshi ko'raman.

SHarhlovchi kunduzi uxlab olishi kerak. Biz kechasi ishlaymiz, buni boshqa sharhlovchilarga maslahat beraman. Bizning kuchimiz ehtiroslarga bog'liq. Agar sharhlovchi kun bo'yi ishlab, bazada intervyu olsa, yana boshqa ishlarni qilsa, kechki sharhda vafot etadi. Futbolchilarning ismini bilmaslik yomon, ammo siz CHempionlar ligasi sharhlovchisi bo'lsangiz va yangi jamoalar futbolchilarini bilmasangiz bu og'ir xato emas. Agar MYU va "Barsa" o'yinini sharhlayotganingizda futbolchini bilmasangiz mana shu xato. SHarhlovchi muxlislardan bir nechta ko'proq malumot bilishi kerak.


Esda qolarli o'yinlar

2013/2014 yilgi mavsumda "CHelsi" va PSJ o'rtasidagi o'yin mening hayotimdagi eng yaxshi o'yin bo'lgan. O'sha uchrashuvdan oldin shunday bo'lishini kutgan edim. Bahsdan so'ng "CHelsi" va PSJ muxlislardan minglab minnatdorchiliklar kelib tushdi. Demak sharhim muxlislarga yoqibdi.

 "Real" - "SHaxtyor" o'rtasidagi o'yin nega yoqmadi? Unda ikki tomonlama harakat yo'q edi. Sensaciyaga qiziqmayman, men kutilmagan voqealar bo'lishini istayman. Bu o'yinda hammasi aniq edi. Agar shunday bo'lsa qiziqish juda kamayib ketadi. Uchrashuvdagi hal qiluvchi vaziyatda hakam kuchli tomonga yon bosdi. 


O'zbekiston terma jamoasi haqida


O'zbekiston terma jamoasiga muxlislik qilaman. Bu mamlakat futbolchilari hozir bizning klublarda ham to'p tepmoqda. Ular nega jahon chempionatiga chiqa olmayotganini bilmayman, balki omad etishmayotgandir, balki boshqa narsa. Hozir ham Odil Ahmedovning goli ko'z oldimdan ketgani yo'q, unga xatto Garet Beyl havas qilishi mumkin. Agar yaxshiroq avlod bo'lsa muvaffaqiyat bo'ladi. Masalan, Gollandiya terma jamoasining hozirgi natijalariga ko'z tashlashimiz mumkin. Futbolga qiziqish ortsa, o'zbek futboli ham yuksaladi, ayniqsa mana bunday translyaciyalardan so'ng oshishi aniq. O'zbekiston 2018 yilgi yoki 2022 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadi deb umid qilaman.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика