So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Aleksandr Petrov: OKMK ananalarini davom ettiradi Yangiliklar

Aleksandr Petrov: OKMK ananalarini davom ettiradi

Ertaga mamlakat kubogi bahslari boshlanadi.

Futzal federaciyasi matbuot xizmati kubok bahslaridan avval OKMK ustozi Aleksandr Petrovdan qisqa intervyu oldi.

- Aleksandr Gennadievich, uch karra O'zbekiston kubogi sohibi – OKMK jamoasi bu yilgi bahslarga qanday tayyorgarlik olib borayapti?

- Klubimizda ish jarayoni o'zgargani yo'q. Mavsum avvalida rejalashtirilganidek, barchasi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mamlakat kubogiga so'nggi tayyorgarlik jarayonini o'z qarorgohimizda – Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasi zalida olib boryapmiz. OKMK O'zbekiston chempionatlarida ham, mamlakat kuboklarida ham zafar quchgan kam sonli jamoalardan biri sanaladi. Bu yilgi musobaqada ham jamoamiz bilan ushbu ijobiy ananamizni davom ettirishni maqsad qilganmiz. Klub rahbariyati tomonidan ham jamoa oldiga kamida yarim finalga chiqish vazifasi qo'yilgan.

- Guruhdagi raqiblaringiz haqida fikringizni bilmoqchi edik?

- Hech bir guruhni kuchsiz deb bo'lmaydi. Garchi bizning guruhdagi raqiblar turli toifalarga mansub bo'lsada, biz barcha uchrashuvlarga jiddiy yondoshishimiz zarur bo'ladi. Misol uchun, aynan «Surxon» bilan o'yinda boy berilgan qimmatli ochkolar chempionatda sovrinli o'rinlardan birini egallashimizga to'sqinlik qilgandi. «Qizilqum» birinchi ligada muvaffaqiyatli qatnashib, Elitaga yo'llanma oldi. Demak, bu raqib ham anoyi emas. DHL singari havaskor jamoaga qarshi ham uyushqoqlik bilan harakat qilmasangiz, pand eb qolishingiz mumkin. Shu manoda barcha raqiblarni hurmat qilamiz. OKMKning birinchi galdagi vazifasi guruhda etakchi bo'lish va chorak finalga yo'llanma olish. U yog'ini ham keyin rejalashtiraveramiz...

- Qishki tarnsfer oynasida jamoangizda yuz bergan o'zgarishlar haqida to'xtalsangiz...

- Unchalik katta o'zgarishlar bo'lmadi. Mashg'ulotlar jarayonida ikki nafar qozog'istonlik legionerlarni sinovdan o'tkazdik va ulardan birini – Makulbek Shapagatni tarkibimizga qo'shib oldik. Uning qanday mahoratga ega ekanligini muxlislarimiz Kubok bahslarini kuzatib, baho berishadi. Ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishini taminlash maqsadida istedodli yosh o'yinchimiz Tohirbek Abdukarimovga «Maksam-Chirchiq» tarkibida o'ynashiga ruxsat berdik.

- O'zbekiston kubogi musobaqasi tartibi Siz uchun yangilik bo'ldimi?

- Ha, albatta. Bu tartibni esa qo'llab quvvatlayman. O'zbekiston futzal federaciyasi jamoalar hamda futzalchilar manfaatlarini ko'zlab muqobil o'zgarishlarga qo'l urdiki, bu barcha mutaxassislar singari menga ham manzur bo'ldi. Endilikda hali uyqudan uyg'onmagan tarkib bilan maydonga tushmaymiz. O'yindan keyin futzalchilarning jismoniy holatini qanday tiklar ekanmiz, degan tashvish bo'lmaydi. Bir so'z bilan aytganda O'FF mamuriyati qo'l urayotgan o'zgarishlarning barchasi futzalimiz taraqqiyotiga ijobiy tasir ko'rsatishiga ishonaman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика