So’nggi yangiliklar

00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  3 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  0 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  2 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24

Aleksandr Petrov: "Birlamchi vazifa - guruhdan chiqish" Yangiliklar

Aleksandr Petrov: "Birlamchi vazifa - guruhdan chiqish"

Futzal bo'yicha O'zbekistonning amaldagi chempioni AGMK klubi bu yil ham Klublar o'rtasidagi Ochiyo chempionatida ishtirok etadi.

Musobaqa oldidan olmaliqliklar bosh murabbiyi Aleksandr Petrovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Guruhda jiddiy raqiblar bilan to'qnash kelamiz. Vetnam chempioni "Tai Son Nam" o'tgan yilgi musobaqaning finaligacha etib borgan. Adashmasam ular tarkibga braziliyalik va eronlik ikki legionerni jalb qilishgan. Iroq va Qatar klublari haqida ko'plab malumotlarga egamiz deya olmayman. Oldingi musobaqalardagi ishtirokdan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, bu ikki jamoa ham kuchli.

SHogirdlarim ayni paytda taxminan 70 foizga tayyor deb ayta olaman. Yigitlar yosh va o'ynashga bo'lgan ishtiyoqlari kuchli. Rahbariyat xalqaro musobaqaga tayyorlanishimiz uchun sharoit yaratib berdi. Tojikistonda yig'in o'tkazdik va Qirg'izistonning amaldagi chempioni hamda vice-chempionini mag'lub etib o'rtoqlik turniri g'olibi bo'ldik. Futzalchilarimizda xohish kuchli.


Musobaqada yarim finalgacha etib borishga harakat qilamiz. Birlamchi vazifa esa - guruhdan chiqish.

AGMK Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga 5 avgust kuni yo'l oladi. Olmaliqliklar musobaqaning "B" guruhida "Tai Son Nam" (Vetnam), "Naft Al Vasat" (Iroq) va "Ar Rayan" (Qatar) klublari bilan kurash olib boradi.

AGMK jamoasining Osiyo chempionatida qatnashadigan yakuniy tarkibi elon qilindi


Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati 7-17 avgust kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida bo'lib o'tadi.

Futzal. O'zbekiston MTJ nazorat o'yinida AGMKga imkoniyatni boy berdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика