So’nggi yangiliklar

02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  16 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2

Aleksandr Petrov: "Agarda tarkibga 1-2 nafar legioner qo'shilsa, unda Osiyo chempionatida bemalol chempionlik uchun kurasha olamiz" Yangiliklar

Aleksandr Petrov: "Agarda tarkibga 1-2 nafar legioner qo'shilsa, unda Osiyo chempionatida bemalol chempionlik uchun kurasha olamiz"

AGMK futzal jamoamiz bosh murabbiyi Aleksandr Petrov Osiyo chempionatidagi ishtirok va undan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

— Jamoamiz Osiyo chempionatida yaxshi ishtirok etdi. Buni mutaxassis-u, muxlislar ham etirof etishdi. SHunchaki uchinchi o'rin uchun bo'lgan bahsda bizga biroz omad kelmadi. Avtogol o'yin tizginini butkul o'zgartirib yubordi. Yigitlar ancha yosh va tabiiyki bazi vaziyatlarda ularga tajriba etishmadi. SHunga qaramasdan jamoamiz oxirigacha kurashdi. Mazkur musobaqa yosh futzalchilar uchun juda katta narsa berdi. Kelajakda bu musobaqada toblangan yoshlar, ularning to'plagan tajribasi hali ko'p as qotadi. Terma jamoa o'zagi ham AGMKdan tashkil topganini inobatga olsak, bu milliy jamoamiz uchun ham katta foyda beradi. Agarda chempionatda yana chempionlikni qo'lga kiritsak, unda kelasi mavsum Xudo xohlasa Osiyo chempionatidagi natijamizni yanada yaxshilaymiz. Umuman olganda Osiyo chempionatidagi o'yinimizdan ham, natijadan ham qoniqdim. 


— Agarda jamoamizga tajribali, mahorati yuqori bo'lgan 1-2 nafar legionerni qo'shsak, unda bemalol chempionlik uchun ham kurasha olishimiz mumkin. Masalan vetnamliklarda yaponiyalik legioner barcha ishni amalga oshirdi. Yaponiyada esa braziliyalik futzalchi barcha masalaga nuqta qo'ydi. Eron jamoasida esa mahalliy futzalchilarning o'zi kuchli. 


— Rahbariyat tomondan berilgan etibor va yaratilgan sharoitlardan ko'ngil to'ldi. Buning uchun ularga rahmat. Yigitlarga munosib ishtirok uchun kerakli miqdorda mukofot berilishi aytilgan. SHu boisdan ham har taraflama barchasi joyida. Endi bor etiborni ichki chempionatga qaratamiz. Hordiq chiqarish uchun fursat yo'q. Bu bilan to'xtab qolish yo'q. Hali oldinga intiladigan manzillar juda ko'p. 


— Hech kimni ajratib ko'rsatishni istamasdim. CHunki bizning eng katta kuchimiz bir jamoa bo'lib jipslasha olganimiz. OFKda ham aynan jamoaviy kuchli o'yin ko'rsatganimizni alohida etirof etishdi. Bizda nomlar yoki individual mahorat sohiblari emas, butun jamoa o'ynadi. AGMKning eng katta kuchi - jamoa bo'la olganligi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика