Aleksandr Mostovoy: Saudiya Arabistoni – eng kuchsiz jamoa. Bu yuz foizli 3 ochko

Narzulla Saydullayev
1 dek 2017, 21:42
Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Aleksandr Mostovoy Saudiya Arabistonini jiddiy raqib sifatida ko'rmayapti.

Saudiya Arabistoni – barcha jamoalar orasida eng kuchsizi. Ular reytingda ancha pastdalar.

Birinchi o'yin bu jamoa bilan. Bu o'yinda aniq 3 ochko olish shart, 99 foiz g'alaba bizda. Bu eng kuchsiz terma jamoa, – deydi Mostovoy.

JCH-2018 qur'aga ko'ra Rossiya, Saudiya Arabistoni, Misr va Urugvay "A" guruhidan joy olishdi. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: matchtv.ru