Aleksandr Mostovoy: "Kokoringa uch million evro to'lash uchun u kamida David Vilya bo'lishi kerak"
04 avg 2020 08:35
Yangiliklar
Aleksandr Mostovoy: "Kokoringa uch million evro to'lash uchun u kamida David Vilya bo'lishi kerak"
Moskvaning "Spartak" jamoasi sobiq futbolchisi Aleksandr Mostovoy yaqinda shu jamoa azosiga aylangan Aleksandr Kokorinning maoshiga fikrini bildirdi.
"Albatta bu maosh Kokorin uchun juda ko'p. Bunday maosh olish uchun Premer Ligada, A Seriyada kamida 20-25ta gol urish kerak. Buning uchun uni ayblash noo'rin. Barchasi klubga bog'liq. Unga maosh to'lovchilarni ayblash lozim. Menga ishoning, bunday maosh olishingiz uchun siz kamida David Vilya bo'lishingiz kerak. Rossiya chempionatida o'rtamiyona futbolchilar bilan bunday kelishmovchiliklar odatiy holga aylanib bormoqda",- deydi Mostovoy.
Malumot o'rnida Aleksandr Mostovoy 1987-1991 yillar mobaynida ushbu jamoa sharafini himoya qilgan, 106ta uchrashuvda 34ta to'p kiritishni uddasidan chiqqan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar