So’nggi yangiliklar

15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  0 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  3 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  9 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2

Aleksandr Mochinov: Vatan shanini munosib himoya qilish uchun maydonga tushamiz Yangiliklar

Aleksandr Mochinov: Vatan shanini munosib himoya qilish uchun maydonga tushamiz

Bugun, Bankokdagi Golden Tulip mexmonhonasida U-16 o'smirlar o'rtasidagi OCH chorak finaliga yo'l olgan barcha terma jamoalarning bosh murabbiylari ishtirokida o'yinoldi matbuot anjumani o'tkazildi.
O'zbekiston U16 o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov Suriyaga U16 o'smirlar terma jamoasiga qarshi chorak final bahsida har ikkala terma jamoa futbolchilari maydonda oxirigacha kurash olib borishini takidladi.

Biz chorak finalda kuchli va ancha tezkor bo'lgan jamoaga qarshi bahs olib boramiz. Uchrashuv biz uchun qanchalik muhim bo'lsa, raqib uchun ham shunday muhimdir. SHunday ekan, ertaga biz uchun ortga yo'l yo'q. O'yin biz uchun qanchalik muhim ekanligini his qilgan holda maydonga tushamiz, - deydi Mochinov o'yindan oldin o'tkazilgan matbuot anjumanida.

Raqib o'yinini murabbiylar shtabi bilan birgalikda o'rganib chiqdik. Ancha kuchli va tezkor o'yin namoyish etadi. Biz ham raqib o'yiniga qarab tayyorgarlik olib boramiz. Raqibning malum bir futbolchilariga qarab alohida taktika tanlaymiz deya olmayman. O'yin boshidan o'z o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. O'rtada jahon chempionati yo'llanmasi turibdi, shunday ekan har ikkala jamoa ham oxirigacha o'ynaydi. Balki ertaga hujumkor va chiroyli o'yin guvohi bo'lmassiz, balki jamoalar biroz ehtiyotkor o'yin ko'rsatishar, buni o'yin ko'rsatadi, - deydi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi.

Guruh o'yinlarining barchasini Muangthong stadionida o'tkazgan edik. Ertaga esa boshqa maydonda bahs olib boramiz. Umid qilamanki bu holat bizga ertangi o'yinda halal bermaydi. Ertangi o'yinni barcha, murabbiylar, futbolchilar qanchalik muhim ekanini his qilib turishibdi. Ular maydonga vatan shanini munosib himoya qilish uchun tushishadi, - deydi Mochinov.

Eslatib o'tamiz, U16 o'smirlar o'rtasidagi OCH chorak finali doirasidagi O'zbekiston va Suriya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 14 sentyabr, yakshanba kuni Bankokdagi Rajamangala stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика