

- Avvalambor "Nasaf"ni g'alaba bilan tabriklayman. "Nasaf" futbolimizdagi yetakchi jamoalardan biri va ular hozirgi egallab turgan pog'onalariga munosib.
Bugungi mag'lubiyatda mas'uliyatni to'liq o'z zimmamga olaman. Tarkib tanlashda, o'zgarishlarda xatoga yo'l qo'ydim. O'zgarishlarni amalga oshirishda adashdim.
Shog'ulomov o'yinni kuchaytira olmadi? Hali aytib o'tganimdek, mag'lubiyat uchun men aybdorman. Bugun butun jamoa kutilganidek o'ynay olmadi. Zaxiradan maydonga tushirgan futbolchilar esa o'yinni kuchaytira olishmadi. O'yin ritmini aniqlashda xatoga yo'l qo'ydim.
Oliy ligada qolish uchun nechi ochko etadi? To'g'risi, buni o'ylashni yoki hisoblashni istamayman. Agarda o'ylab qarasak, 23-24 ochko elitada qolish uchun etarli bo'lsa kerak.



