So’nggi yangiliklar

01:22Эрик тен Хаг: "Биз жамоани қайта қуряпмиз"  2 00:45"Барселона", ниҳоят, "Боруссия" Д билан ҳисоблашди  2 00:22Эсанов тўп тепадиган "Акрон" машҳур ҳужумчини трансфер қилди  2 23:51Бу қизиқ! Россия термаси "ўйлаб топилган" футболчилар билан тасвирланди  2 23:19"Челси" футболчиси Туркия томон йўл олмоқда  0 22:55"Манчестер Юнайтед" Саутгейтга таклиф билан чиқдими? Гарет жавоб берди  2 22:38Родри: "Бу ақлбовар қилмас даражада ёқимли"  1 22:10ПСЖ Мбаппе борасида бир қарорга келган  1 21:49Фабио Капелло "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  1 21:21ПСЖнинг Мбаппе билан ишлари якунланмаган экан  0 20:59Тен Хаг Роналдуга жавоб қайтарди  12 20:23Асрор Алиқулов: “Футболда натижани олдиндан айтиб бўлмайди“  1 20:19Улуғбек Бакаев: “Машъал” ҳимояда яхши ўйнади”  4 20:00"Арсенал" товон пули 100 миллион евролик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда   2 19:38Агар Араухо шартномасини узайтирмаса, "Барселона" уни сотиб юборади  9

Aleksandr Mochinov: "Buxoro" CHempionlar ligasi yo'llanmasini beruvchi o'rinlar uchun kurashadi" Yangiliklar

Aleksandr Mochinov: "Buxoro" CHempionlar ligasi yo'llanmasini beruvchi o'rinlar uchun kurashadi"

Hammaga malum-ki, “Buxoro” PFK jamoasi boshqa oliy liga klublari singari yangi kirib kelayotgan mavsumga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda.

Aleksandr Mochinov boshchiligidagi jamoa o'z qarorgohida, kuniga uch mahaldan mashg'ulotlar olib bormoqda. Kuni-kecha jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov “Buxoro” jamoasining rasmiy pfcbuxoro.com sayti uchun maxsus intervyu berdi.

-  Aleksandr Vladimirovich, avvalombor sizni yangi yil bilan tabriklaymiz va Buxoroga xush kelibsiz.

- Raxmat.Sizlarning ham yangi yilingiz muborak bo'lsin.

- Ayting-chi, sizda “Buxoro” varianti qanday paydo bo'ldi?

- Mavsum yakunlanganidan so'ng, “Buxoro” rahbariyati jamoa bosh murabbiyi lavozimi nomzodlari orasida mening ham nomzodimni ko'rib chiqishayotganliklari haqida eshitib qoldim. Haqiyqatdan ham, bir oz vaqt o'tib jamoa rahbariyati men bilan bog'landi va mening fikrimni bilishni istashdi.  Men ushbu taklifni o'ylab ko'rish uchun vaqt berishlarini so'radim. Bir haftadan so'ng rahbariyat bilan bog'lanib, o'z roziligimni bildirdim. SHundan so'ng men va rahbarlar uchrashishdik va barcha masalalarni muhokama qilib birga ish boshladik.

- Bundan oldin siz “Buxoro” jamoasini kuzatgandingizmi?

- Ha, albatta.

- Taasurotlar qanday?

- To'g'risini aytaman, men bu jamoani nafaqat kuzatgan man. O'zimni taniganimdan beri, yosh futbolchi bo'lganimda menga bu jamoaning o'yin uslubi juda va juda yoqar edi. Yoshim kattaroq bo'lganida, men endi professional va jiddiy jamoalarda to'p sura boshlaganimda ham bu jamoaning o'yinlaridan juda zavqlanar edim. Men sizga bir sirni ochaman, menga o'zgacha zavq va hayratlanish, shu bilan birga havas tuyg'usini berib keladigan yakkayu-yagona jamoa bu “Buxoro” hisoblanadi. Vaqtida bu erda o'ynash shu darajada qiziq va maroqli edi-ki, futbolchilar bu jamoada haqiyqattan ham miriqib futbol o'ynashar edi. Joyi bilan men “Buxoro” da o'ynayotgan  futbolchilarga qandaydir hasad bilan qaragan paytlarim bo'lgan, chunki menda bu jamoada o'ynash hech nasib qilavermas edi.

- SHaxsan siz, “Buxoro”da nimani o'zgartirgan bo'lar edingiz?

- O'zgartirish emas, balki qayta tiklashdir. Jamoaning shonli davrini qayta tiklar edim. “Buxoro”ning shonli tarixi va faqat bu jamoaga xos uslubi bor. Bu uslub o'zgartirishga muxtoj emas, aynan shu uslub jamoaning yuzi sanaladi. Hozir dunyoda,xususan Osiyoda futbol jadallik bilan rivojlanib, o'sib bormoqda. Buxoroda paydo bo'lgan va boshlangan o'ziga xos uslubni rivojlantirish va takomillashtirish kerak.O'z o'yin uslubi bilan mashhur bulgan “Buxoro”ni qayta “tiriltirishimiz” shart! SHu bilan birga jamoa muxlislarini stadionga qaytarish vaqti keldi. Biz futbolni muxlislarimiz uchun o'ynaymiz, jamoa yana qaytib halq va sevimli jamaga aylanishini juda-juda xoxlayman.

- Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, “Buxoro” ning so'nggi yutug'i uzoq 1994 yili qo'lga kiritilgan( kumush medal). Mana 20 yildan ko'proq vaqt o'tib ketibdi, lekin jamoa aytarli hech qanday yutuqga erishgani yo'q. Ushbu holat yildan yilaga muxlislarning ko'plab noroziliklariga sabab bo'lib kelmoqda. Natijada muxlislar murabbiy  va futbolchilarga katta bosim qilishadi. Bu holat sizga qo'shimcha kuch, yani natijaga erishish mumkinligini isbotlash hissini beradimi yoki aksincha sizni katta bosim ostida va qo'rquv ostida ushlab turadimi?

- Futbolda eng birinchi navbatda muxlis turadi. Muxlisni aldashning iloji yo'q. Hatto agar jamoa yutqazib turgan bo'lsa-yu, lekin futbolchi borini berib, muxlislar uchun o'ynaydigan bo'lsa, oddiy muxlis buni ko'ra oladi va men aminman-ki, bitta ham muxlisl ushbu futbolchi shaniga yomon so'z aytmaydi. Futbolda muxlis eng asosiy ekspert hisoblanadi. U jamoa,futbolchi va murabbiyning ishini ko'rib yoki olqishlaydi yoki o'z noroziligini turli yo'llar bilan namoish etadi. SHu sababli men va shogirdlarim qo'limizdan keladigan barcha ishni qilamiz, asosiysi muxlis bizdan rozi bo'lsin. Uchrashuvdan so'ng muxlislarimiz o'z uylariga yaxshi kayfiyatda qaytishlari uchun barcha kuch va bilimlarimizni sarflaymiz. Muxlislarning kayfiyati futbolchi va jamoaning o'yiniga tasir qiladi, axir muxlislar 12chi futbolchi rolini bajarishadi. Yana bir bor qaytaraman, “Buxoro”ning avvalgi shuxratini va muxlislarni qaytib stadionga qaytarish yo'lida biz va rahbarlar barcha imkoniyatlarni ishga solamiz.

- Murabbiylar shtabi aniqlandimi?

- Ha, yordamchilarim masalasida bir qarorga keldim va murabbiylar shtabini tasdiqladim.

- O'z oldingizdagi, birinchi navbatdagi maqsad va vazifalar nimadan iborat?

-  Balki mening gaplarim balandparvoz gaplarga o'xshashi mumkin, lekin men hayotda maksimalistman. Inson birinchi navbatda o'z oldiga qandaydir maqsad qo'yishi kerak. Bu holat unga qo'shimcha kuch va quvvat beradi. Inson maqsad sari intiladi, natijada odamda o'sish ko'zga tashlanadi. SHu sababli men murabbiylik faoliyatim davomida ham doim yuqori maqsadlarni qo'yib ishlayman.

-  Jamoa oldida qanday vazifa qo'yilgan?

- Yuqori vazifa qo'yildi. Nasib qilsa, barchasi biz ko'zlaganday kechadigan bo'lsa, bizning maqsadimiz chempionlar ligasiga yo'llanmalarni beruvchi o'rinlar uchun kurashish. Hozir barcha sharoitlar yaratib berilmoqda, barcha imkoniyatlar osiyo chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish yo'lida sarflanadi. Eng quvonarlisi hozir raxbarlar,murabbiylar shtabi va futbolchilar ushbu maqsadga erishish va Buxoroga xalqaro futbolni qaytarish yo'lida juda jiddiy kirishishdi.

- Endi mavsumoldi tayyorgarlik haqida to'xtalib o'tsangiz.

-  Yig'inimizni 15-yanvarga qadar shu erda, Buxoroda o'tkazamiz. 18-yanvardan boshlab yig'in Toshkentda davom ettiriladi. SHundan so'ng Turkiyaga safar uyushtirish rejamizdan o'rin olgan. Turkiyadan qaytib kelgach, chempionatning birinchi turiga tayyorgarlikni boshlab yuboramiz.

- Transfer siyosati qanday kechmoqda?

- Transfer siyosatiga o'ta ehtiyotkorlik bilan yondashyapmiz. Barcha narsa faqat menga bog'liq emas, bu gapim bilan men masuliyatni o'z bo'ynimdan soqit qilmoqchi emasman. Bizda katta murabbiylar shtabi mavjud. Har bir qarorni qabul qilishdan oldin barcha murabbiylarning fikrlari inobatga olinib, birgalikda qaror qabul qilib kelamiz. Har bir nomzodni sinchkovlik bilan o'rganib chiqamiz, futbolchining ko'plab uchrashuvlari tushurilgan disklarni bir necha marotabalab ko'rib uni muhokama qilyapmiz. Hozirda biz legionerlar bilan shug'ullanyapmiz. Vaqtida men legionerlarni unchalik xush ko'rmas edim. Nazarimda ular faqatgina ortiqcha xarajatlarga olib kelar edi, jamoaga esa foydasi deyarli tegmaydi deb o'ylar edim. Lekin, zamon o'zgardi, hozir agar legioner nomiga loyiq futbolchi bo'lsa, uning o'zbek futboliga foydasi tegishi aniq. Legioner mahalliy futbolchidan bir bosh ustun bo'lishi shart. SHuning uchun biz legioner tanlashda o'ta ehtiyotkorlik bilan yondashdik. Biz taklif qiladigan legionerlar mahalliy futbolchilardan bir bosh ustun bo'lishi aniq. O'tgan mavsum jamoada harakat qilgan legionerlarning faqat bittasinini, Vitaliy Plemedyaleni jamoada ushlab qoldik. Bu futbolchi bizni to'liq qoniqtiradi.

- Mahalliy futbolchilarimiz-chi? Ular ham jamoaga jalb qilinishadimi?

- Albatta. Xoxlaymizmi yo'qmi, biz asosiy urg'uni baribir mahaliy futbolchilarga qaratamiz. Afsus-ki, malum bir davr mobaynida Buxorodagi futbol maktablari talab darajasida ishlashmadi, natijada hozirgi kunga kelib bu o'z so'zini aytib kelyapti. Hozirda mahoratli yosh futbolchilar bor, yo'q emas, lekin ular hali professional futbol klubida o'ynash darajasiga va talabiga javob berishmaydi. Bugungi kunda jamoada bir nechta mahalliy futbolchilar bor, ular bir oyog'lari bilan asosiy tarkibga kirib kelishyapti. Biz nima bo'lganda ham, mahalliy yoshlar bilan ishlashda davom etamiz. Ularni yuqori darajadagi futbolchiga aylantirish qo'limizdan keladi.

- Siz o'zingiz boshchiligingizdagi “Buxoro”ning o'yin uslubini qanday tasavvur qilyapsiz?

- Men hujumkor futbol tarafdoriman. Aynan hujumkor futbol bilan Buxoro futboli nom chiqargan. Yana takrorlayman, biz ushbu usulni yanada takomillashtirishga harakat qilamiz.

- Yangi mavsumdan nimani kutyapsiz?

- Faqat yaxshilikni! Bu mening debyutim hisoblanadi. Yaxshi kayfiyat va ezgu niyatlar bilan yangi mavsumni intiqlik bilan kutib turibmiz. O'ylashimcha barchasi rejalashtirganimizday, yaxshi bo'ladi. Brchasi o'z qo'limizda.

- Oxirida ananaviy savolni beramiz. Intiqlik, shu bilan birga hayajon va kandaydir qo'rquv bilan yangi mavsumni kutib turishgan buxorolik muxlislarga tilaklarnigiz?

- Muxlislarimizdan jamoani qo'llab-quvvatlashlarini so'rab qolaman. Men jamoani mahaliy va kelgindilarga ajratmoqchi emas man. SHu jamoaning shanini himoya qilar ekanmiz, demak jamoa uchun yurak va vujudimizni berishimiz kerak. Jamoaga ishoninglar, axir barcha ezgu ishlar faqat ishonchdan boshlanadi.

- SHu chiroyli notada suhbatimizni yakunlasak. Sizga ajratgan qimmatli vaqtingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика