Aleksandr Mochinov: “Muammoimiz o'sha-o'sha: vaziyatlardan foydalana olmayapmiz ”
07 apr 2018 01:47
Yangiliklar


Aleksandr Mochinov: “Muammoimiz o'sha-o'sha: vaziyatlardan foydalana olmayapmiz ”
Superliganing 5-turidan o'rin olgan “Metallurg” - “So'g'diyona” (2:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida “So'g'diyona” bosh murabbiyi Aleksandr MOCHINOV qatnashdi.
-Avvalo “Metallurg” jamoasini bugungi g'alaba bilan tabriklayman. O'yin juda qiziq va kurashlarga boy bo'ldi. Menimcha, bugungi o'yin muxlislarga yoqdi. Bizda esa yana usha muammo. Bu ham bo'lsa vaziyatlardan unumli foydalana olmayapmiz. Bugun har ikkala jamoa ham g'alaba uchun kurashdi. Lekin bu futbol. Futbolda omadga ham ko'p narsa bog'liq. Hozircha omad bizga kulib boqmayapti,-deydi “So'g'diyona” bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov.
“So'g'diyona” PFK matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar