Aleksandr Lobanov: "Zamonaviy futbolda autsayder degan tushuncha qolmagan"
25 mar 2016 00:30
Yangiliklar
Aleksandr Lobanov: "Zamonaviy futbolda autsayder degan tushuncha qolmagan"
O'zbekiston - Filippin (1:0) uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz darvozaboni Aleksandr Lobanov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Nima deyishim mumkin, juda qiyin o'yin bo'ldi. Hozirgi vaqtda oson o'yinlar deyarli qolmagan. Barcha jamoalar himoyalanishni o'rganib olishgan. Filippinni autsayder jamoa demagan bo'lardim. Zamonaviy futbolda autsayder degan tushuncha yo'qolib bormoqda. Muhimi g'alaba qozondik. Butun uchrashuv davomida qilgan mehnatlarimiz o'z samarasini berdi. Bahraynga qarshi o'yin bundanda qiyin bo'ladi. Guruhda birinchi o'rinni egallashimiz zarur. Kelasi uchrashuvga ham ishqibozlarni taklif qilamiz. Ularning qo'llab-quvvatlashi biz uchun juda muhim. Bugungi muhit va ishqibozlik uchun ularga tashakkur.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar