So’nggi yangiliklar

22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  1 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 21:35"Манчестер Сити" — "Тоттенхэм". Холанд ва Сон Хён Мин асосий таркибда  0 21:10"Милан" — "Ювентус". Таркиблар маълум  6 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  5 20:13"Ланс" — "Марсель". Ҳусанов дисквалификация сабаб ўйинни ўтказиб юборади  2 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  2 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  13 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0

Aleksandr Lobanov: Toshkent - "Orol" - "Paxtakor"... Yangiliklar

Aleksandr Lobanov: Toshkent - "Orol" - "Paxtakor"...

"JCH-2014 mehmon" loyihamizning navbatdagi tashrifchisi Aleksandr Lobanov bo'ldi.
O'quvchilardan tushgan savollarga darvozabon quyidagicha javob berdi.

Aaron Ramsey_16:

- Fikringiz bo'yicha, hozirgi kunda dunyoning eng kuchli uch nafar darvozaboni kimlar? Oliy ligadagi eng yaxshi hujumchini ayta olasizmi?
– Birinchi o'rinda Buffon. Undan keyin Noyer va Kurtua. (kuladi) To'g'risi, ikkinchi savolingizga javob bera olmayman. CHunki, bizda alohida ajralib turadigan hujumchi yo'q. Ularning hammasi go'yoki birdek.





Nurullo aristokrat – 17:
O'tkazib yuborgan gollar orasida eng yoddan chiqmaydigani qaysi?
–  Menimcha, bu yil “Lokomotiv”ga qarshi o'yinda o'tkazib yuborgan ikkinchi to'pim bo'lsa kerak.

Segodnya v blogax:
- Mana siz darvozada turasiz. Qaysi biri oson deb uylaysiz: osh qilishmi yoki shashlikmi?
– Na unisi va na bunisini pishirishni bilmayman. Faqat eyishni bilaman, bundan osoni bo'lmasa kerak (kuladi).





JAHONGIRBEK:
- Yosh darvozabonlardan kimni kelajagi porloq deb ko'rsata olasiz?
– Yosh istedodli posbonlarimiz ko'p. Avvalo ularning hammasiga to'xtamasdan ishlash kerakligini aytgan bo'lardim.  O'zimdan kelib chiqib aytaman. Ilk marta “Paxtakor”ga kelganimda ishonmagandim. Keyin u erda juda katta raqobat boshlandi. Biz yoshlar nazardan chetda edik go'yo. U paytlar Butenko, Nesterov va Jo'raev jamoaning asosiy posbonlari edi. Ulardan tashqari Eldor Tojiboev, Kirbyatev kabi tengqurlarimiz bor edi. Keyin meni “So'g'diyona”ga ijaraga berishdi, o'rinbosarlar safida o'ynadim. Rahbariyat bilan kelishgan holda klub bilan tuzgan shartnomani bekor qildik va men Jizzaxda qoldim. Bu paytda meni Suyun Murtazoev asosiy tarkibga qo'ya boshladi. Bu borada klub rahbari Alisher akaning xizmati katta bo'lgan. U kishi menga ishongan va ishlashda davom etishimni aytgandi. SHu tariqa 2006 yil 20 yoshimda mavsumni to'liq o'tkazdim. SHundan keyin Qozog'istonning “Kaysar” klubidan taklif tushdi va u erda 3 yil darvozada turdim. Keyin Rauf Talgatovich “Buxoro”ga taklif qildi. SHundan keyin hayotimdagi og'ir damlar boshlandi. Bironta jamoadan taklif tushmadi. SHunda “Lokomotiv BFK”ga Leonid Senkevich taklif qildi. SHu tariqa 2010 yil birinchi ligada o'tkazdim. SHundan keyin menga do'stim Aleksandr Mochinov o'z tanishlari orqali “Orol”ga borishim kerakligini aytdi. U erda Nematullo Quttiboev bosh murabbiy edi. Bu kishi bilan “Paxtakor”da tanishgandim. 2011 yilda men yaxshi mavsumni o'tkazdim deb o'ylayman va yana “Paxtakor”ga qaytdim. Bu jamoalarda o'zimni o'zim o'yinlarga tayyorlardim. Kishi o'zi uchun professional bo'lishi kerak. Quyi ligalarda darvozabonlar murabbiyi yo'qligi bois, o'zimga o'zim yangi mashg'ulotlarni belgilardim.

B.Orifxon:
- Darvozabon bo'lganingizga afsus chekkan payt bo'lganmi?

– Bunaqa payt bo'lmagan, jamoasiz qolgan paytlarim ham bunday kechinmalar o'tmagan. Har doim o'z  imkoniyatimni ko'rsata olishimga ishonardim.





Aybek:
- Nukusning Orol jamoasi muxlisidan salomlar! Sasha biz sening o'yinlaringni sog'inib qoldik. Jamoamiz qiyin davrlarni boshdan kechirgan bo'lishiga qaramay, sen o'zingni ko'rsata olganding. Nukusda o'tkazgan damlardan qanday xotiralar qolgan?
– SHu fursatdan foydalanib men ham barchangizga salomimni etkazaman. Juda ham xursand bo'ldim, meni yaxshi xotiralar bilan eslashingizdan. O'yinlar paytida sizlarning qo'llab- quvvatlab turishingizni his qilardik. Bu chiroyli shahar, insonlari ochiqko'ngil. Faqat yorqin xotiralar qolgan. Afsuski, moliyaviy muammolar tufayli kerakli maqsadga erishilmadi. Ammo u erda futbolni sevadiganlar ishlaganligi uchun jamoa yaxshi o'ynadi. Jamoaning moliyaviy holati hech bo'lmasa minimal holatda bo'lganida, klub oliy ligaga chiqa olgan bo'lardi. Nematullo Quttiboev shahar muhitida o'sgan va mahalliy yigitlarning tilini topa oladigan kuchli mutaxassis edi. Jamoani o'yinga yaxshi tayyorlash bilan birga, ruhlantira olardi. Agar unda ko'proq imkoniyat bo'lganida, xuddi o'ziga o'xshagan yaxshi futbolchilarni etkazib bergan bo'lardi.

Abdu Rahmon:
- Nechta farzandingiz bor? Ismlari nima?
– Bitta o'g'lim bor, yaqinda tavallud topdi. Unga Artyom deb ism qo'ydik.

KANIMEH:
– Futbolni deb xursandchilikdan yig'lagan paytingiz bo'lganmi?

– Yig'lamaganman-u, ammo 2012 yil qiyinchilik bilan chempion bo'lgan o'yinimizdan keyin shunga yaqin hislarni tuyganman.

PAKHTAKOR SHERLAR:
 -
Assalomu alaykum, jahon chempionatidan o'rin olgan Italiya – Kosta-Rika uchrashuvini ko'rgan bo'lsangiz, kosta-rikaliklarda g'alabaga bo'lgan ishtiyoqni ko'rib ochig'i bizning futbolchilarga ham shunday jihatni singdirish kerak deb o'ylab qoldim. Buning uchun kim masul deb o'ylaysiz?
– Birinchi o'yindayoq Kosta-Rika futbolchilarida ishtiyoq juda kattaligini ko'rdim. To'g'risini aytsam, Italiya bilan o'yinda Kosta-Rikaga ishtiyoqning o'zi kamlik qiladi deb o'ylagandim. Sababi jamoaning kuchi bir muncha pastroq. Italiya aftidan raqibni mensimagan ko'rinadi. Biznikilarga kelsak, futbolchilarimizda ulardan kam bo'lmagan ishtiyoq bor. Vatanparvarlik bo'yicha ham biznikilar yaxshi holatda deb o'ylaman, nafaqat o'ylayman balki ishonaman.

Ko'pchilik Lobanov nima uchun MTJdan chaqiruv olmayotgani to'g'risida savol bergan. Bu savolni biron bir o'quvchining nomini ko'rsatmagan holda barchaning nomidan berdik.

- SHu vaziyatdan foydalanib, shunga oydinlik kiritishni men ham istardim. Murabbiy va O'FF bilan hech qanday muammo yo'q. SHunchaki hujjatlarda kichik muammo bor, boshqa hammasi joyida. 

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика