So’nggi yangiliklar

22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  0 21:59Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф": Бензема ва Канте асосий таркибда!  11 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  5 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  4

Aleksandr Lobanov: “Hozircha uydaman” Yangiliklar

Aleksandr Lobanov: “Hozircha uydaman”

“Metallurg” darvozaboni Aleksandr Lobanov jamoani tark etgani to'g'risidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.

Joriy mavsum “Metallurg” jamoasi uchun muvaffaqiyatli o'tmoqda deya olmaymiz. CHempionatning birinchi turi o'tiboq, kutilmaganda bosh murabbiyning o'zgarishi oxir-oqibat natijalarning salbiy ko'rinishiga xizmat qilmoqda. Malum muddat “Paxtakor”da yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib borib, bu yildan etiboran “Metallurg”da bosh murabbiy sifatida ish boshlagan Jasur Abduraimov, bekobodliklarni kurashchan jamoaga aylantirish uchun har qancha harakat qilmasin, haligacha kutilgan samarani bermayapti. Tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra, ketma-ket omadsiz o'yinlardan keyin, jamoaning ichki muhitiga ham sovuqchilik tushgan. Yaqinda saytimizda “Metallurg”ning ikki nafar etakchi o'yinchisi –  Aleksandr Lobanov bilan Kamoliddin Tojievning klubni tark etgani xususida xabar chiqqach, saytimiz muxbiri 35 yoshli darvozabon bilan bog'lanib, vaziyatga oydinlik kiritdi.

- Aleksandr, Sizni championat.asia saytidan bezovta qilyapmiz. “Metallurg” jamoasidan ketganingiz haqida eshitdik. Ushbu xabar xaqiqatga qanchalik yaqin? 

- Yo'q, hozircha hech qaerga ketganim yo'q. To'g'ri, ayni damda jamoa ixtiyorida emasman. SHuning uchun kimdir meni “Metallurg”dan ketdi deb hisoblashgandir. Lekin sizga hozir jamoa bilan shu yilning oxiriga qadar tuzgan shartnomam borligini malum qila olaman. 

- Unda aytingchi, nima sababdan “Metallurg” lagerida emassiz?

- Sababi shuki, men mashg'ulot chog'ida oyog'imdan jarohat olgandim. Jarohatim u qadar jiddiy emas-ku, ammo maydonga chiqib shug'ullanishimga ham yo'l qo'ymaydi. SHifokorlar ko'rigidan o'tganimdan keyin menga uyda davolanishim kerakligini aytishdi. SHu sababli ham hozircha uydaman. O'zimning tanish shifokorim bor, u menga tiklanish uchun yordam bermoqda. Albatta “Metallurg”ning bosh shifokori bilan o'zaro munosabatlarimiz durust ekanligini, kun-ora u bilan ham aloqada bo'lib turganimizni aytib o'tishni istardim. 

- SHifokorlar qachon mashg'ulotga qo'shilishingizni tavsiya qilmoqda?

- Katta ehtimol bilan oktyabr oyidan yugurishni boshlayman. Ungacha shifokor nazoratida bo'laman. 

- Bosh murabbiy Jasur Abduraimov bilan munosabatingiz qanday?

- Aloqalarimiz ishchan ruhda deya olaman. Murabbiy va futbolchi o'rtasida qanday munosabat bo'lishi kerak bo'lsa, bizda ham shunday. SHu kungacha tortishuvli vaziyat bo'lmadi. Umid qilamanki, bundan keyin ham ijobiy bo'lib qoladi. 

- Jamoadagi ichki muhit to'g'risida har kim turlicha fikr bildirmoqda. Bu borada nima deysiz?

- Klubda ichki muhit yomon emas. Masalan, futbolchilar bir-biri bilan yaxshi munosabat o'rnatgan. Mashg'ulotlarda yigitlar astoydil ishlamoqda. To'g'ri, ruhiyat yaxshi emas. Lekin hamma bir yoqadan bosh chiqarib, qiyin vaziyatdan chiqib ketish uchun ter to'kmoqda. 

- Hozirda “Metallurg” darvozasini qo'riqlab kelayotgan Akmal Tursunboev xususida fikringiz qanday?

- Yaxshi darvozabon deya olaman. (Kulib) Mening jarohat olganim, unga qo'l keldi. O'ynash imkoniyatiga ega bo'lmoqda. Akmal deyarli uch yil zaxirada o'z vaqti kelishini kutib o'tirdi. Nihoyat unda endi o'ynash fursati tug'ilmoqda. Bundan u unumli foydalanib qolsa, Akmal uchun juda xursand bo'laman. 

- “Metallurg” uchun bu yilgi mavsum juda og'ir o'tmoqda deyish mumkin. Jamoaga nima etishmayapti deb o'ylaysiz?

- Bunday omadsiz davrlar, menimcha, har bir jamoada bo'lib turadi. O'ylaymanki, bu vaqtinchalik xolat. Kelgusida g'alabali o'yinlar, albatta, ko'p bo'ladi. 

- Ketma-ket omadsizliklardan keyin “Metallurg” turnir jadvalida tobora autsayderlar qatoriga yaqinlashib bormoqda. Aytingchi, jamoangiz kuchlilar safida o'z o'rnini saqlab qola oladimi?

- Albatta, men bunga to'liq ishonaman! “Metallurg”dek jamoa Superligada qolishi kerak. Etarlicha sharoitlar yaratilgan. Tarkibda mahoratli va shu bilan birga iqtidorli o'yinchilar mavjud. Jamoa ular bilan bemalol qiyin vaziyatdan chiqib ketishga qodir deb o'ylayman. Bizga bitta g'alaba kerak va shundan so'ng ishlarimiz oldinga yurib ketadi.  


Islombek Rustambekov suhbatlashdi

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика