Aleksandr Lobanov: "Andijon"ga qarshi o'yin qiyin bo'ldi"
17 mar 2014 12:20
Yangiliklar
Aleksandr Lobanov: "Andijon"ga qarshi o'yin qiyin bo'ldi"
"Andijon" - "Paxtakor" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar darvozaboni Aleksandr Lobanov o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yin qiyin bo'ldi, ochilish uchrashuvi, bundan tashqari maydon og'ir edi. Ko'rdik juda ko'plab muxlislar kelib "burgutlar"ni qo'llab turishdi. Eng muhimi biz uch ochko oldik. Mavsum boshida barcha jamoa ochko olishga urinadi. Bugungi butun o'yin davomida ustunlik qildik va haqli ravishda g'alabaga erishdik.
"Andijon" haqida nima deya olaman? Ular butun bahs davomida asosan himoyalanishdi. Ochig'ini aytaman, raqib yaxshi himoyalandi, biroq baribir gol o'tkazib yuborishdi. Undan ko'ra hujumkor harakat qilishsa balki natijaga erishishlari mumkin edi. Nima bo'lgan taqdirda ham buncha muxlis haqqi-hurmati keyingi o'yinlarda "Andijon"ga omad tilayman", - deydi Lobanov "SA"ga bergan intervyusida.

Fikrlar