So’nggi yangiliklar

01:05ОФК Элит Чемпионлар лигаси. Машарипов жамоаси йирик ғалабага эришди, Остон Ўруновники эса меҳмонда мағлуб бўлди  6 00:56Эртага янги форматдаги УЕФА Чемпионлар лигасини ZO'R TVда кўрамиз  1 00:33"Бавария" Октоберфест шарафига тайёрланган формасини кўрсатди  1 00:12"Унион"нинг 19 ёшли дарвозабони Арсланнинг оёғини кесиб ташлашди  1 23:15Ироққа Роналдусиз борган "Ал Насср" Элит Чемпионлар лигасини дуранг билан бошлади, ОЧЛ ғолиби қатарликлар билан муроса кўчасини танлади  5 22:57Февзи Давлетов: “Дуранг натижага мос ўйин эди”  1 22:54Миржалол Қосимов: “Насаф” билан 6 очколик ўйин бўлади”  6 22:45"Реал"нинг 18 ёшли юлдузи 21 ёшли моделга уйланди  14 22:28Тебас: "Агар "Манчестер Сити" жазоланмаса, АПЛ обрўсига зарар етади"  7 21:45Футзал бўйича ЖЧ. Франция иродали ғалабага эришди  0 21:29Суперлига. ОКМК бир киши кам бўлиб қолган "Сурхон" устидан қийин ғалабага эришди  41 21:20Футзал бўйича ЖЧ. Тожикистон терма жамоаси дастлабки турда Марокашга мағлуб бўлди  3 21:00Футзал бўйича ЖЧ 1-тур. Португалия нафақат турнинг, балки мусобақанинг энг чиройли голини урди  2 20:00"Арал" Про лиганинг 1 та учрашувини тест тариқасида янги стадионда ўтказади  0 19:43"Ал Васл" устози: "Пахтакор" жорий мавсум кўп гол урмаган бўлса ҳам, кам гол ўтказган, яъни жамоа ўйинида тартиб бор"   4

Aleksandr Lobanov: "12 jamoa orasidan Yaponiya, Avstraliya va Eron yaqqol ajralib turibdi" Yangiliklar

Aleksandr Lobanov: "12 jamoa orasidan Yaponiya, Avstraliya va Eron yaqqol ajralib turibdi"

Teglar :  Aleksandr Lobanov
O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni Aleksandr Lobanov qura tashlash marosimidan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

- Sasha, O'zbekiston milliy terma jamoamizni qaysi jamoalar bilan bir guruhga tushishini istamas edingiz?
- Qaysi jamoaga tushishimizdan qatiy nazar, biz JCH-2018 final bosqichiga yo'llanma olsak bo'lgani. Menimcha, bu nafaqat futbolchilar, balki millionlar o'yiniga befarq bo'lmagan barcha hamyutlarimizning ham oliy orzusi. SHaxsan mening hayotimdagi eng katta orzuim ham shu. Lekin bu orzuni amalga oshirish oson kechmaydi. Biz xohlayotgan narsani ushbu bosqichga etib kelgan 12ta terma jamoasi ham istayapti. Uchinchi saralash bosqichida esa kuchsiz jamoaning o'zi bo'lmaydi. O'ylashimcha, bizning guruhga aniq Eron terma jamoasi tushadi. Bilmadimu, lekin ichki menim Eron bilan yana tushishimizni aytyapti.

- SHunday bo'lsada, qaysi jamoa bilan to'qnash kelishimizni istamayapsiz?
- Avstraliya va Yaponiya bilan bir guruhga tushmasak yaxshi bo'lardi. Bu ikki jamoa aqlbovar qilmas darajada kuchli. Buni tan olish kerak. Qolgan jamoalar bilan bemalol o'ynasa bo'ladi. Ularning kuch va imkoniyatlari deyarli teng. Mana shu 12 jamoa orasidan Yaponiya, Avstraliya va Eron yaqqol ajralib turibdi.


- Ikkinchi saralash bosqichidagi ishtirokimiz haqida nima deya olasiz? Bundan ham yaxshiroq o'ynashimiz mumkin edimi yoki bu maksimal o'yinimizmi?
- Saralashning ketma-ket 7ta o'yinida g'alaba qozonganimiz yaxshi bo'ldi. Bu ajoyib natija. Murabbiylar shtabi bizni har bir o'yinga alohida tarzda tayyorlashdi. Har bir o'yinga xuddi so'nggi final uchrashuviga chiqayotgandek tayyorgarlik ko'rdik. Har bir ochko yo'qotilishi bizga qimmatga tushishi va ikkinchi saralash bosqichidayoq mundial sari yurishimizni to'xtatishimiz mumkin edi. Endi uchinchi bosqichdagi o'yinlarga bundan ham kuchli yondashuv bilan tayyorgarlik ko'rish zarur. Raqiblar o'zgardi. Ularning har biri JCH-2018ga borishni maqsad qilgan. Yaratgan hammasini ko'rib turibdi. Astoydil mehnat qilayotgan jamoalarni o'z marhamatidan darig' tutmaydi. Biz bu g'alabalarga munosib edik va haqli ravishda erishdik. Eng muhimi, bizga muxlislar ishona boshlashdi. Ana shu ishonchni hal qiluvchi o'yinlarda yo'qotib qo'ymasligimiz kerak. Guruhdagi so'nggi ikki o'yinda g'alabaga erishib, o'z kvartetimiz g'olibi sifatida hal qiluvchi saralash bosqichiga yo'llanma oldik.


- Guruhdagi qaysi o'yinni nisbatan qiyin kechdi, deb o'ylaysiz? Siz uchun kutilmagan syurprizlar bo'ldimi?
- Toshkentda Filippinga qarshi kechgan o'yin biz uchun murakkab va asabiy ruhda o'tdi. Butun o'yin davomida himoyalanish bilan band bo'lgan jamoa darvozasini ishg'ol qilish oson ish emas. So'nggi paytlarda zamonaviy futbolda avtobus degan termin paydo bo'ldi. Kuchsiz va shu bilan birga mehmonda aynan natija uchun o'ynaydigan jamoalar ana shu avtobus xizmatidan foydalanishyapti. Yoppasiga himoyaga yotib olib, chiroyli o'yin emas, aksincha natija uchun o'ynashyapti. Filippin terma jamoasi xuddi shu o'yinni bizga qarshi uchrashuvda qo'lladi. Raqib safidagi ampluadoshim shu kuni haqiqiy qahramonlik ko'rsatdi. Faoliyatidagi eng yaxshi o'yinini o'tkazdi. Keyin safarda Bahrayn bilan bo'lib o'tgan o'yinni ham alohida aytishni istardim. O'sha uchrashuvda biz Bahrayn bilan o'zaro o'yinlardagi noxush ananaga chek qo'ydik. Manamadagi o'yinda raqib darvozasini javobsiz to'rt marotaba ishg'ol qildik. Toshkentdagi bahsda ham garchi kichik hisobda bo'lsada, ishonchli g'alabaga erishdik.

- O'z uyimizdagi o'yinlarda kam gol uryapmiz. Uchinchi saralash bosqichi oldidan bu holat bizni biroz tashvishlantiryapti. Bu borada fikringiz qanday?
- Boshqa tomondan olib qaraganda, o'sha bitta gol ham bizga uch ochkoni taqdim etdi. Ko'plab xavfli hujumlarni yuzaga keltiryapmiz. Bu ham ijobiy holat. Faqat ulardan maksimal darajada foydala olmayotganimiz siz aytgandek, biroz dilni xira qilyapti. Menga qolsa uchinchi saralash bosqichidagi o'yinlarimizni Paxtakor stadionida o'tkazsak yaxshi bo'lardi. Har holda shaxsan men uchun bu stadion qadrli bo'lib qolgan.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика