So’nggi yangiliklar

01:56АПЛ. "Челси" дербида "Вест Хэм"ни аямади  5 01:39Франция. ПСЖ яна кичик ҳисобда ғалабага эришди  0 01:29Бундеслига старт олди: мавсумнинг илк ўйинида "Бавария" "Лейпциг"ни янчиб ташлади, Кейндан хет-трик!  6 00:49Бошланғич таркибдаги Палмер нима сабабдан дербида қатнашмаяпти?  0 00:30ЖЧ-2026га қуръа қачон ва қаерда ташланиши маълум!  3 00:10Суперлига. "Андижон" – "Пахтакор" 2:6  2 00:02Акмал Рустамов: "Юзага келган вазиятлардан фойдаланганимизда 3-4та тўп фарқи билан ютишимиз мумкин эди"  3 23:46Илёс Зейтуллаев: "Бунёдкор" ПФЛ тақдим этаётган тақвимни ҳурмат қилади"  0 23:28Байиндирнинг хатосидан кейин МЮнинг режалари ўзгарди  4 22:59Абдурауф Бўриев: "Мураббийлар берган тактикани яхши бажардик"  4 22:30Ҳожимат Эркинов: "Андижонлик мухлисларга раҳмат, яхши атмосфера яратиб беришди"  6 22:08Максим Шацких: "Жамоамизда "Андижон" даражасига мос бўлмаган футболчилар бор"  58 21:58Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ва гол инобатга олинмаган ўйинда "Қизилқум" ва "Бунёдкор" муросага келди  23 21:47Камолиддин Тожиев: "Майдонда ўн киши қолиб ҳам ўзимизни кўрсата олдик"  11 21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  256

Aleksandr Krestinin: "Bugun barcha rejalarimiz amalga oshdi " Yangiliklar

Aleksandr Krestinin: "Bugun barcha rejalarimiz amalga oshdi "

Superliga 17-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Qizilqum" (4:2) uchrashuvidan so'ng "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Oson o'yin bo'lmadi. Raqibimiz juda tartibli o'ynaydigan jamoa, kam gol o'tkazib yuboradi. Yigitlar bugun yaxshi o'yin namoyish etishdi. Bugun barcha rejalarimiz amalga oshdi.

- Jamoangiz bugungi o'yinda 20 daqiqa ichida 4ta gol urdi. Bugun nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?

- Biz har bir raqibga qarshi turli xil tayyorgarlik ko'ramiz. Raqib o'yinini o'rganib chiqamiz. Bugun hujumda jamoaviy o'ynadik. Futbolchilarim mehnat qilishmoqda va biz qayd etayotgan natijalarimiz esa biroz yaxshi emas. Bugungi g'alaba keyingi uchrashuvlarda ruhiy ustunlik berishiga ishonaman.

- Darvozabonlar almashinuviga nima sabab bo'ldi? Bugun Suhrob Sultonov zaxirada qoldirildi.

- Bugun tarkibni o'zgartirdik. So'nggi bahs bilan solishtirganda 5 ta o'zgarishga qo'l urdik. Mag'lubiyatdan so'ng biroz o'zgarish qilmasak bo'lmasdi. Suhrob Sultonov yaxshi darvozabon va unga hech qanday etirozim yo'q. Bu shunchaki rotaciya.

- O'tgan bahslarda jamoangizga g'alaba qozonish uchun etishmayotgan jihat qaysi edi?

- O'yin dinamikasi. Bugungi o'yinda esa ushbu jihat bor edi. Jamoam yaxshi tayyor ekanligini bilaman, ammo uni isbotlay olmayotgandik.

- Laziz Mirzaevning o'yiniga baho berib o'tsangiz?

- Biz hech kimni omma oldida baholamaymiz. Jamoaga baho berishim mumkin. Jamoa bugun yaxshi o'yin namoyish etdi, ammo ikkita gol o'tkazib yubordi. Har bir uchrashuvda gol o'tkazib yuborayotganimiz yaxshi emas. Buni to'g'rilashimiz kerak. Xatolarimiz ham bor.

- Jamoangiz uy uchrashuvlarini neytral maydonda o'tkazayotgani jamoaga tasir o'tkazmoqdami?

- Bilmadim. Bu savolga aniq bir javob bera olmayman. Biz boshqa stadiondan o'ynashimiz kerakligidan xabardormiz. Ushbu jihatga etibor bermayapmiz. 

- FIFA kunlari sababli chempionatimiz ikki haftalik tanaffusda chiqadi. FIFA kunlari jamoangiz uchun foydali bo'ladimi yoki yo'q? Ayrim bir murabbiylar uzoq tanaffuslarni xush ko'rmaydi, bazilari esa qo'llab-quvvatlaydi.

- Tanaffus davomida tayyorgarlikni davom ettiramiz. FIFA kunlari davomida ikkita kichik yig'inlar o'tkazishni reja qilganmiz. O'tgan mavsum uch haftalik tanaffuslar bo'lgan edi. O'tgan mavsumda ushbu masala bo'yicha biroz qiynalgandik, aniqrog'i yaxshi sport formamizni yo'qotgandik.

- FIFA kunlari doirasida O'zbekiston Qirg'iziston bilan o'ynaydi. Ushbu uchrashuvga taxmin bildirsangiz.

- Murabbiylar taxmin berishi noto'g'ri. Qiziqarli bahs bo'lishi aniq. O'zbekiston terma jamoasi favorit deb hisoblayman. Qirg'iziston terma jamoasining o'yinlarini to'liq tomosha qilaman. Qirg'iziston men uchun begona bo'lmagan davlat.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика