Aleksandr Golovin 4 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi
20 dek 2018 08:30
Yangiliklar
Aleksandr Golovin 4 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi
Franciya futbol ligasining odob-axloq qo'mitasi “Monako”ning rossiyalik yarim himoyachisiga qo'shimcha jazo tayinladi.
Golovinning “Lion” bilan o'yinda Nabil Fekirga qarshi ishlatgan qo'polligi videotakrorlar yordamida aniqlanib, unga 4 ta o'yinni o'tkazib yuborish jazosi tayinlandi.
Endi Aleksandr “Monako”ga “Gengam”, “Marsel”, “Nicca” va “Strasburg” bilan o'yinlarda yordam bera olmaydi.
Fikrlar