Aleksandr Geynrix: "Birinchi o'yinda hamma o'ynash imkoniyatiga ega bo'ldi"
18 iyu 2014 12:23
Yangiliklar


Aleksandr Geynrix: "Birinchi o'yinda hamma o'ynash imkoniyatiga ega bo'ldi"
Kecha CHexiyaning "Bryun" jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvning birinchi bo'limida maydonga tushgan Aleksandr Geynrix o'yinga oid qisqacha fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Mashg'ulotlardagi zo'riqish bilan o'ynaganimiz uchun hamma o'ylagan rejamiz amalga oshmadi. Undan tashqari bu mashg'ulot o'yini edi va unda deyarli barcha futbolchilar ishtirok etishdi. O'zimga kelsam, sekin-asta jamoaga qo'shilib olishim aniq. "Lokomotiv"dagilar menga begona emas. O'yinda biz tashabbusga erishgan bo'lsak-da, golni dastlab raqiblar urdi, yakunda baribir durang qayd etildi", - deydi Geynrix.

Fikrlar