So’nggi yangiliklar

01:48Микель Артета: "Ютиб турганимизда бизни яхши кўриб қолиш осон. Дуранг ва мағлубиятда ҳам бизни яхши кўринг"  4 01:15Майкл Кэррик: "МЮда қанча ишлашимни мен ҳал қилмайман"  1 01:07Фабио Капелло: "АПЛ - бошқа сайёра"  0 00:59"Истиқлол" ОЧЛ 2'даги омадсизликдан кейин бош мураббийини истеъфога чиқарди  2 00:48Уэйн Руни Гвардиола кетса "Сити" кимни олиб келиши кераклигини айтди  2 00:21"Кристал Пэлас" Гласнернинг истеъфосини тезлаштириши мумкин  0 23:57ОКМК ёш футболчилари билан шартномаларни узайтирди  0 23:44"Қўқон-1912" Шоҳруҳ Маҳмудхожиевнинг трансферини эълон қилди  2 23:33Игор Тудор: "Ишонч билан айтаман, "Тоттенхэм" лигадан тушиб кетмайди"  1 23:15Туркияда ўз жамоалари учун ставка қўйган 32 клуб раҳбарлари ҳибсга олинди  4 22:51ОКМК "Навбаҳор" футболчиси билан "2+1" кўринишида шартнома имзолади  1 22:37Эрон. "Персеполис" ўз майдонида ютқазди, Сергеевдан гол  3 22:15Сака АПЛда энг кўп маош оладиган футболчилар рейтингига қўшилди  2 21:51Ансу Фати фаолиятини Премьер-лигада давом эттириши мумкин  3 21:41"Металлург" Бранимир Йочич билан шартнома имзолади  2

Aleksandr Ejov: "SHogirdlarimning xarakatidan ko'nglim to'ldi" Yangiliklar

Aleksandr Ejov: "SHogirdlarimning xarakatidan ko'nglim to'ldi"

PRO-Liganing 3-turidan o'rin olgan “Andijon” – “Xorazm” (3:1) o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Ejov saytimizga intervyu berdi.

- Avvalo "Andijon"ni g'alaba bilan tabriklayman. Raqib haqli g'alabaga erishdi. Jamoam yomon o'ynadi deb o'ylamayman. Yigitlar 100 foiz kuchini berib o'ynashdi – deya gap boshladi Aleksandr Aleksandrovich.

- Birozgina omad etishmadi. Ilk daqiqalarda gol o'tkazib yuborganimiz jamoamizni xafa qildi. Ikkinchi gol esa himoyachi xatosidan so'ng o'tkazdik. Biz bugun bir kishi kam bo'lib o'ynadik deb o'ylayman. Sababi "Andijon"ning muxlislari yana bir qo'shimcha o'yinchi bo'ldi. Muxlislar to'p "Andijon"da bo'lmasa ham jamoasini tinmay olg'a boshlashdi.

- O'yin menimcha chiroyli va tomoshabop bo'ldi. Bugun ko'pchilik bizni himoyada o'ynaydi deb o'ylagandi. Aslida esa tengma teng o'yin guvohi bo'ldik.

- Murabbiy sifatida o'z jamoam harakatlaridan qoniqdim. SHogirdlarim mana shu gaplarimni o'qishlarini istardim: Sizlar qobiliyatli va mahoratli futbolchisizlar, raqib o'z oldiga Superligaga chiqish vazifasini qo'ygan. SHunday bo'lsa ham siz o'zingizni yo'qotib qo'ymadingiz. Bundan xursandman, - deydi Ejov.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика