So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  7 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Aleksandr Ejov: "Qizil kartochka barcha rejalarimizni o'zgartirib yubordi" Yangiliklar

Aleksandr Ejov: "Qizil kartochka barcha rejalarimizni o'zgartirib yubordi"

Pro liganing 8-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Olimpik" (1:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Ejov o'z fikrlarini bildirdi.




"Juda og'ir o'yin bo'ldi. "Olimpik" butun mamlakatdan kelgan yaxshi yosh futbolchilardan iborat jamoa. Ushbu jamoa murabbiyi Timur Kapadze "Manchester Siti" uslubida ishlashini bilaman.

Afsuski birinchi taymda qizil kartochka oldik. Ketma-ket ikkinchi o'yin o'z maydonimizda kamchilikda o'ynab yutqazmayapmiz. Yigitlarga xarakter namoyish etishgani uchun rahmat aytaman.

Qizil kartochka barcha rejalarimizni o'zgartirib yubordi. Ammo takrorlayman yigitlarimiz oxirigacha kurashishdi. Bundan tashqari muxlislarga ham rahmat aytaman.

"Xorazm"da muhit va tartib-intizom yaxshi holatda. Bu borada hech qanday muammo yo'q.

"Buxoro" bilan o'yindan keyin muxlislar kelishdi va o'z fikrlarini bildirishdi. Muxlislarga vaziyatni tushuntirdik va barchasi joyida. Ular bilan o'zaro til topishdik. Bugun so'nggi soniyaga qadar muxlislar bizni qo'llab turishdi. Barchasi joyida", - deydi Aleksandr Ejov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика