Aleksandr Ejov: “Mag'lubiyatda barcha aybni o'z bo'ynimga olaman“
23 noy 2020 12:07
Yangiliklar
Aleksandr Ejov: “Mag'lubiyatda barcha aybni o'z bo'ynimga olaman“
“O'yin haqida nima deyishim mumkin? Mag'lub bo'ldik. “Oq-tepa”ni g'alaba bilan tabriklayman. Ular g'alabani bizdan ko'proq istashdi. Futbolda shunday gap bor sen urmasang senga urishadi. Biz bir qancha vaziyatlarni ko'kka sovurdik. Raqib esa o'zi yaratgan vaziyatdan foydalandi. Umuman olganda qiziqarli bahs guvohi bo'ldik. Munosib qarshilik ko'rsatishga harakat qildik. Mag'lubiyatni o'z bo'ynimga olaman. Qolgan ikki bellashuvda bu holatdan chiqib ketishga urinib ko'ramiz.
G'alaba qozonsangiz har doim gapirish oson. Mag'lub bo'lsangiz albatta sabab topiladi. Jamoaning ko'p futbolchilarida jarohat bor. Saidjamol Davlatjonov uchun mavsum yakunlandi. U har qanday holatda ham tiklanishga ulgurmaydi. Oxirigacha kurashamiz”,- deydi Ejov.
Fikrlar