So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Ювентус" аутсайдер майдонида ишончли ғалаба қайд этди  0 01:17"Астон Вилла" клуб рекордини такрорлади  1 00:54"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди  10 00:34Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" ғалаба қозониб, 6-ўринга кўтарилди  0 00:23Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди  26 23:59Витинья Гвардиола билан ишлашга қарши эмас  1 23:35FUTSAL AWARDS-2025: Йилнинг энг яхшиларини тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 23:19Флориан Виртц илк голи ҳақида нималар деди?  0 22:55АПЛ. "Ливерпуль" - "Вулверхэмптон" учрашувидан кейинги фактлар  1 22:41"Нефтчи" Убайдуллаев билан икки йиллик шартнома имзолади  4 22:19Ўзбекистон U-21 ўртоқлик ўйинида Иордания U-23 билан дуранг ўйнади  0 22:00АПЛ. "Ливерпуль" ва "Арсенал" кичик ҳисобда ғалабалар қайд этди  2 21:51Саудия Арабистони. 10 ўйинда 10 ғалаба: "Ал Насср" ўз майдонида "Ал Уҳдуд"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  9 21:33"Нефтчи" Эргашев, Сайфиев ва Алибоев билан шартномани узайтирди  4 21:2010 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар  25

"Oq-tepa" bosh murabbiyi Aleksandr Ejov: "Ibrahim Tomivaning bugun omadi keldi" Yangiliklar

"Oq-tepa" bosh murabbiyi Aleksandr Ejov: "Ibrahim Tomivaning bugun omadi keldi"

Coca Cola O'zbekiston kubogi saralashi doirasidagi "Dinamo" - "Oq-tepa" uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Ejov o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugun shogirdlarim 100 foiz kuch bilan o'ynashdi. 3 oylik tanaffusdan keyin biroz qiyin bo'lganini o'tgan o'yindan keyin ham aytgandim. "Dinamo" futbolchilarini ham alohida takidlashni istardim, ular yirik hisobda ortda qolayotganida ham taslim bo'lishmadi va 3ta gol urishdi. Biz himoya ustida ishlashda davom etamiz.

Bizning shiorimiz shunday: Har bir o'yinda bor kuchimiz bilan o'ynash.

Men ham, klub direktori Alisher SHog'ulomov ham jamoamiz to'p bilan ko'proq o'ynashini istamoqda.

Erkin Jabborov oliy ligada ko'p o'yinlar o'tkazgan va tajribali posbon. Himoyani o'zi nazorat qilib bordi.

Ibrahim Tomiva haqida qanday fikrdaman? Bugungi g'alaba faqat uniki emas, shu bois alohida ajratib ko'rsatmoqchi emasman. Hali mavsum boshlangani yo'q. To'g'ri bugun uning omadi keldi va uchta gol urdi.

Uzoq yillar "Xorazm" klubida ishladim. Oilam Toshkentda yashaydi, shu bois Toshkentda ishlashni xohlardim. Alisher SHog'ulomov klubga taklif qildi va ishonch bildirgani uchun rahmat aytaman", - deydi Aleksandr Ejov.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика