So’nggi yangiliklar

08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  0 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  1 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  19 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10

Aleksandr Ejov: "Futbolda g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi" Yangiliklar

Aleksandr Ejov: "Futbolda g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi"

O'zbektston Coca-Cola kubogi guruh bosqichining 3-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Xorazm" (4:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Ejov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




O'yin haqida

- Bugun qiyin o'yin o'tkazdik. "SHo'rtan" bilan chempionat doirasidagi o'yinda g'alaba qozongandik. Bugun ko'rib turganingizdek mag'lubiyatga uchradik. "SHo'rtan" diskvalifikaciya va jarohatlar tufayli muammolarga uchrab kelayotgan edi. Bugun ularda ishonch paydo bo'libdi, jamoa hujumkor o'yin namoyish etdi. Ishlashda davom etamiz, oldinda bizni Pro-ligada muhim o'yinlar kutib turibdi.

- "SHo'rtan"ni chempionat doirasida mag'lub etgandinglar. Bugun esa jamoangiz yutqazdi. Buning sababi nimada?


- "SHo'rtan" yaxshi jamoa, tarkibida bir qator mahoratli futbolchilar jam bo'lgan. Bugun bizda xatolar ko'payib ketdi. SHuning evaziga mag'lub bo'ldik. Yigitlar hujumga berilib ketganida qarshi hujumda yuzaga kelgan bo'sh xududlardan raqib unumli foydalandi.

- Jamoangiz oldiga joriy mavsumda qanday vazifalar qo'yilgan?


- "Xorazm" har bir o'yinda maydonga g'alaba uchun chiqadi. Jamoamiz oldidagi maqsad va vazifa shulardan iborat. Raqibni mag'lub etsangiz tabiiy xolda natija o'z-o'zidan kelaveradi.

- "SHo'rtan" jamoasi murabbiyi jamoangizni ochiq futbol o'ynaydi deb takidladi. Jamoangizni mag'lubiyatiga shu omil sabab bo'ldi deb hisoblaysizmi?

- Takror aytaman, "SHo'rtan" yaxshi jamoa. Futbolda g'alaba va mag'lubiyat hamisha yonma-yon yuradi. SHu sababli bu sport turi qiziqarli hisoblanadi. Jamoa yutqazdimi, demak murabbiy qaerdadir xato qilgan. SHunday ekan kamchiliklarimiz ustida ishlashda davom etamiz.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика