Aleksandr Ejov: "Futbolchilarimni birinchi ochko bilan tabriklayman"
19 sen 2020 21:24
Yangiliklar
Aleksandr Ejov: "Futbolchilarimni birinchi ochko bilan tabriklayman"
"O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Ikki jamoaning kuchi teng edi. Ha, hisobda oldinga chiqib olib o'yinni susaytirdik. Ketma-ket shuncha omadsizlikdan keiyn ruhan tiklanish og'ir. Ammo yigitlarni mavsumdagi dastlabki ochkoni qo'lga kiritishgani bilan tabriklayman", - deydi Ejov.
- "Zomin"ning ikkinchi goli bo'lishdan avval sizning futbolchingizga qo'pollik ishlatildi, lekin hakam buni inobatga olmagandi. Bugungi o'yinda hakamlar ishidan qoniqdingizmi?
- Hakamlarga etirozim yo'q. Ularning o'z qo'mitasi bor. Barcha xato qiladi. SHunchaki o'sha vaziyatda futbolchilarim vaziyatni oxirigacha o'ynashlari kerak edi.
- Jamoa 7-turga kelib o'zining birinchi ochkosini oldi. O'zi "Xorazm" jamoasining bosh maqsadi nima? Yil avvalida qanday bo'lgandiyu, hozir qanday?
- Mavsum boshida men bu klubda emasdim. Hozir maqsadimiz Pro ligada jon saqlab qolish. Biz har bir bahsda g'alaba uchun o'ynaymiz.
- Moliyaviy holat qanday?
- Moliyaviy holat stabil.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar