So’nggi yangiliklar

07:20Суперлига. Бугун 11-турга старт берилади. Қаршида етакчилар тўқнашуви бўлиб ўтади  0 02:07U21 биринчилиги. Бир ўйинда 13 та карточка, 7 гол урилган ўйинда "Навбаҳор" ғолиб, пешқадамдан йирик ғалаба: 10-тур натижалари билан танишинг (+ЖАДВАЛ)  0 00:50Алан Ширер: "Аморим билан барчаси ёмонлашди"  2 00:29"Реал" Хаби Алонсо тайинловини қачон эълон қилади?  1 23:49Месси фаолиятидаги энг севимли голини айтди  7 23:14Бэйл: "Тоттенхэм" қарғишдан қутулди"  7 22:44Расман: "Барселона" Рафинья билан шартномани узайтирди  1 22:11Родриго "Реал"дан кетишни истамаяпти  1 21:41Европа лигасининг мавсум футболчиси ва рамзий термаси эълон қилинди  0 21:27Суперкубок чипталари 23 май куни сотувга чиқарилади  7 20:59Деку: "Ямалга ПСЖ қизиқиш билдирди, "Реал" эса йўқ"  6 20:14Хайр, афсона! Лука Модричнинг "Реал"дан кетиши маълум қилинди  23 20:01"Челси" Экитике трансфери бўйича музокаралар олиб бормоқда  0 19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  6 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  2

Aleksandr Alempievich: “Real” yoki MYU ham birninchi bo'lib gol o'tkazib yuborsa juda qiyin bo'ladi” Yangiliklar

Aleksandr Alempievich: “Real” yoki MYU ham birninchi bo'lib gol o'tkazib yuborsa juda qiyin bo'ladi”

Kecha chempionatimizning 21-turida “Bunyodkor” o'z uyida “Obod” klubini qabul qildi va yirik 3:0 hisobida halaba qozondi. Ushbu uchrashuvdan so'ng “Bunyodkor” jamoasi futbolchisi Aleksandr Alempievich o'yin haqida fikr bildirdi.

“Birinchi bo'limning ilk daqiqasida penaltidan gol urdik. Bu biz uchun yaxshi bo'lgan bo'lsa, raqiblarimiz uchun ruxiy tasir ko'rsatdi. Raqiblarimiz birinchi bo'limda ruxan sinib qolishdi. Ikkinchi bo'limda esa biz biroz osonroq o'yin o'tkazdik. Ilk daqiqalarda urilgan gol har bir jamoani ruhan sindirib qo'yadi. “Real Madrid” bo'ladimi yoki “Manchester Yunayted”, birinchi bo'lib gol o'tkazib yuborsa juda ham qiyin bo'ladi.

Gol urganimizdan so'ng barchasi o'zgarib ketdi. “Obod” ham yaxshi jamoa, ularning o'yin uslublari menga yoqadi. Ularga brioz omad etishmayapti. “Obod” futbolchilari to'pni yaxshi nazorat qilishadi, lekin qarshi hujumga yomonroq o'yin ko'rsatishadi. Keyingi turda “Paxtakor” bilan to'qnash kelamiz. Ushbu o'yin juda ham qiyin bo'ladi. CHunki, Bulyat “sherlar”ga qarshi o'ynay olmaydi. Uning sariq kartochkalari 4 taga etdi va “Paxtakor” bilan bo'ladigan bahsni o'tkazib yuboradi. Biz chempionatda ikkinchi pog'onadamiz. “Paxtakor” esa ko'p mag'lubiyatga uchrayapti. Nasib qilsa derbida ham g'alaba qozonishga urinib ko'ramiz”, - deydi “Bunyodkor” klubi futbolchisi Aleksandr Alempievich.

Jahongir Sotvoldiev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика