So’nggi yangiliklar

17:53Суперлига. "Хоразм" – "Сурхон". Таркиблар эълон қилинди  0 17:39Суперлига. "Шўртан" "Бунёдкор"ни Тошкентда ютмаган  0 17:15"Реал" Родригога ўринбосар топиб қўйди  2 16:52"Одатда майдон ўзига келиши учун 6-8 ҳафта керак бўлади. Билим бўлмаса, бир зумда майдонни "ўлдириб қўйиш" мумкин" — агроном  6 16:32Суперлига. "Қизилқум" – "Бухоро". Превью  2 16:16Концертдан кейинги "Бунёдкор"  16 16:04Суперлига. 18-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  6 15:50Арда Гюлер Женнифер Лопезнинг концертига ташриф буюрди, Антуан Гризманн касбини ўзгартиради. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  8 15:30Суперлига. "Хоразм" – "Сурхон". Превью  2 15:07"Қизилқум" собиқ футболчиси Сербия клубига қайтди  0 14:40"Челси" асосий ҳимоячиси машғулот вақтида жароҳат орттириб олди  4 14:12Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди  1 13:42"Тоттенхэм" асосий ярим ҳимоячисини узоқ вақтга йўқотди  0 13:14Расман: "Реал" собиқ ҳужумчиси "Алавес"га ўтди  0 12:45Жоан Гарсия — Марк-Андре тер Штеген даврига якун ясаб бериши кутилаётган дарвозабон билан яқинроқдан танишамиз  1

Aleksandar Yankovich: "Kuchli raqibga qarshi o'yin foyda keltiradi. Kuchsiz raqibni yutsangiz, muammolarni bilib bo'lmaydi" Yangiliklar

Aleksandar Yankovich: "Kuchli raqibga qarshi o'yin foyda keltiradi. Kuchsiz raqibni yutsangiz, muammolarni bilib bo'lmaydi"

Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandar Yankovich O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik o'yinidan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O'yindan avval futbolchilarga O'zbekiston terma jamoasi bizga qaraganda kuchliroq ekanligini va ular bizni jazolash uchun har bir xatomizdan foydalanishi mumkinligini takidlagandim. Yigitlar maydonda mehnat qildi. SHiddatli bahs guvohiga aylandik, ammo xatolarimiz uchun badal to'ladik. O'z maydonida mag'lub bo'lish qoniqarli natija emas, lekin jismonan kuchliroq raqibga qarshi yuqori saviyada kurasha olish biz uchun juda foydali bo'ldi.

Yana takidlayman, kuchliroq raqiblarga qarshi o'ynash biz uchun foyda keltiradi. Agar kuchsizroq raqibga qarshi maydonga tushib, g'alaba qozonsak, zaif nuqtalarimiz ko'zga tashlanmaydi va barchasi binoyiday ko'rinadi. O'zbekistonga qarshi o'yin orqali xatolarimizni aniqlab oldik. Jahon chempionati saralash bahslari oldidan bunday xatolarga qayta yo'l qo'ymaslik choralarini topishimiz zarur. Bosh murabbiy sifatida barcha masuliyatni o'z zimmamga olaman", – dedi serbiyalik mutaxassis.

Avvalroq O'zbekiston MTJ ustozi Srechko Katanec O'zbekiston terma jamoasi 90 daqiqa davomida hujum qilgani, raqib esa yaxshi himoyalanganini takidlagan edi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика