So’nggi yangiliklar

18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  0 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  1 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  3 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:54"Лестер" - "Челси". Кимлар асосий таркибда?  0 16:39Суперлига. "Андижон" - "Динамо" 2:0 (матнли трансляция)  9 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  17 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  26 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1

Aleksandar Stojmirovich: “Murabbiylik faoliyatimni yana O'zbekistonda davom ettirishni istayman. "Neftchi”ga qaytamasam kerak" Yangiliklar

Aleksandar Stojmirovich: “Murabbiylik faoliyatimni yana O'zbekistonda davom ettirishni istayman. "Neftchi”ga qaytamasam kerak"

Farg'onaning “Neftchi” jamoasida xorijlik murabbiylar ilgari ishlamagan xisob.

Bu yil mavsum avvalida o'z oldiga Superligaga chiqish vazifasini qo'ygan “Neftchi” rahbariyati tarkibni yangilashdan avval, murabbiylar shtabida ham butunlay o'zgarishlarga qo'l urdi. Bosh murabbiy Ilhom Mo'minjonov boshqaruvni o'z qo'liga olgach, o'zi yaxshi tanigan-bilgan mutaxassislarni yordamga chorladi. Etiborlisi ularning orasida serbiyalik murabbiy ham bor edi. Aleksandar Stojmirovich joriy mavsum “Neftchi” jismoniy tayyorgarlik murabbiyi sifatida ancha faol ishladi. Farg'onaliklarning muddatidan avval Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritishida ushbu mutaxassisning ham hissasi beqiyos. SHunga qaramay “Neftchi” rahbariyati jamoa oldiga qo'yilgan vazifa uddalangach, serbiyalik mutaxassis bilan muddatidan avval shartnomani bekor qildi. Yaqinda yurtiga jo'nab ketgan Stojmirovich bilan suhbatlashib, ayrim savollarga javob oldik.    

-  Aleksandar, avvalo “Neftchi” futbol klubini PRO-Ligada chempion bo'lgani bilan tabriklaymiz! O'zbekistonda o'tkazgan debyut mavsumingizdan ko'nglingiz to'ldimi?

- Tabrik uchun rahmat! Albatta yurtingizda o'tkazgan faoliyatimdan qoniqdim.Har bir murabbiyning vazifasi va masuliyati o'z jamoasidagi futbolchilarning saviyasini, jamoaviy o'yinini, jismoniy va texnik-taktik qobilyatini oshirishdan iborat. Oldinda jiddiy vazifa turganda, “Neftchi”dek katta klubda murabbiy bo'lganingda, bu ikki yo'nalishda ishlash yanada qiyinlashadi. Lekin biz buni uddaladik va bundan hozir juda xursandman.  

- CHempionat tugamasidan avval jamoangiz bilan tuzgan shartnomangizni muddatidan avval bekor qilganingizni qanday izohlaysiz?

- Muvaffaqiyat va natijadan qatiy nazar, futbolda bazida turli xil voqealar sodir bo'ladi. Bunday vaziyatda ambiciyalarimiz turlicha bo'ldi. Ammo shunga qaramay, joriy yil  “Neftchi” futbol klubi tarixida ham, faoliyatimda ham yorqin unutilmas mavsum sifatida qoladi.   

- Murabbiy sifatida O'zbekistonda ishlab o'zingiz uchun nimalarni kashf qildingiz?

- Kelajakda hamkorlik qilishni rejalashtirgan ko'plab do'stlar orttirganimdan tashqari, o'zbek futbolchilari juda istedodli ekani, mashg'ulotlar jarayoni ustida va nazariy tomondan ishlasa, bu mamlakat futbol xarakati markazi bo'lishi mumkinligini bilib oldim. 

- Yana O'zbekistonga qaytish rejangizda bormi?

- Albatta. Takliflar allaqachon bor va imkoniyatlarim iloji boricha o'zbek futboli rivoji yo'lida davom etishini juda xohlayman. 

- “Neftchi”da jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy bo'lib ishladingiz. Futbolchilarni o'zingiz istagan darajaga olib chiqa oldingizmi?

- Aksariyat uchrashuvlarda jamoamiz o'rtacha 30,7 yoshda o'ynaganiga qaramay, birinchidan, chempionat davomida bir nechta mushak jaroxati olmaganimizdan va barcha asosiy va muhim futbolchilarning o'ynaganidan ko'proq mamnunman. Deyarli 100 foiz o'yin ko'rsatdi.Bu mening maqsadim edi. CHunki asosiylaridan birining yo'qligi jamoamiz avvalgidek bo'lmasligini bilar edik. SHuning uchun ish juda murakkab edi. Lekin o'yinchilar nihoyatda samarali va juda ko'p ishtiyoq bilan xarakat qildi. Buni kuchli ish axloqi deyish mumkin. 

- O'zbekiston futboli bo'yicha oldin qanday tasavvuringiz bor ediyu,  bir mavsum ishlaganingizdan keyin qanday taassurot qoldirdi?

- Eng boshidan bo'lgan va qolgan taassurotlar. Mashg'ulotlar jarayoni bara sohalarda yaxshilashimiz kerak. CHunki futbol resurslari ko'p. 

- PRO-Ligada qaysi jamoalar sizga ko'proq yoqdi?

- CHempionatda eng jiddiy futbolni “Olimpik” va “Dinamo” o'ynadi. 

- “Neftchi”ga kelishingiz tarixi haqida ham aytib bera olasizmi?

- Ilgari O'zbekistonda o'ynagan do'stim hozirda agentlik ishi bilan shug'ullanmoqda. Aynin ushbu do'stim menga “Neftchi”ni Superligaga yo'llanma olishi uchun yordam berishim kerakligini aytdi. 2007 yildan beri Ukrainada birga futbol o'ynashni boshlaganimizdan beri, u meni insoniylik va murabbiy sifatida yaxshi bilardi. Rus tili bo'yicha ham muammo yo'qlini anglab etgan. Igor Petkovich birinchi navbatda mening do'stim. Keyin esa agentim hisoblanadi. 

- SHu o'rinda “Neftchi”ga kelishingizdan oldin qaysi jamoalarda ishlaganingiz to'g'risida malumot berib o'tsangiz?

- Butsalarimni mixga ilgach, murabbiylikni yuqori ligada yoshlar bilan ish boshlaganman. Keyin biroz muddat o'tib, ikkinchi liga klubida uch yil davomida bosh murabbiy sifatida ishladim. SHundan so'ng birinchi hamda oliy liga klubida jismoniy va texnik-taktik  yo'nalishda yosh futbolchilarni tarbiyalab bordim. FK “Radnik-1923”, “Gruja” FK, “Lokomotiv” FK, “Sloga” FK jamoalar shular jumlasidandir.  

- Agar iloji bo'lganida o'zbekistonning qaysi jamoasida ishlagan bo'lardingiz?

- Albatta. O'zbekistonning eng yaxshi klublarida ishlash istagi yuqori. Bu borada ro'yxat kichik emas.

- O'zbekistonlik futbolchilarning umumiy manoda jismoniy tayyorgarligi qay darajada?

- Jismoniy tayyorgarlik ko'p jihatdan o'yindagi tashkilotga bog'liq. Futbol aerobik ostonasidagi o'yin bo'lgani uchun, qanchalik baland bo'lmasin, bu dunyoda butun o'yin davomida qizil xududda qoladigan hech kim yo'q. SHuning uchun jismoniy va texnik-taktik tayyorgarlikni tushunish juda muhimdir. O'zbek futbolchilari juda chidamli, muayyan mexnat qobiliyatini rivojlantirishga moyillik bor. Albatta bunga etarlicha tayyorgarlik bilan.

- Kelasi yil sizni yana “Neftchi”da ko'rishimiz mumkinmi?

- Yo'q, endi Farg'ona klubiga qaytib bormasam kerak.

- Sizda O'zbekiston Superliga musobaqasi bo'yicha tasavvur paydo bo'ldimi?

- Ha, albatta. Superliganing juda ko'p o'yinlarini kuzatdim va barcha tafsilotlarni imkon qadar ko'proq bilib borishga xarakat qildim. 


Islombek Rustambekov suhbatlashdi. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика