Aleks Teysheyra: "Yuventus"ga o'tsam xursand bo'lardim"
27 okt 2015 22:35
Yangiliklar
Aleks Teysheyra: "Yuventus"ga o'tsam xursand bo'lardim"
"SHaxtyor" jamoasi yarim himoyachisi Aleks Teysheyra unga "Yuventus" jamoasidan qiziqish bo'layotganiga o'z fikrini bildirdi.
"Gap Evropaning eng yaxshi jamoalaridan biri haqida ketmoqda. Turinliklarning qiziqishi haqida bilaman. Agarda ushbu jamoaga o'tsam juda xursand bo'lardim. Bu men uchun faxr. "Yuventus" "SHaxtyor"ga klubni qoniqtiradigan taklif bilan chiqishsa, menimcha hammasi hal bo'ladi. Braziliya terma jamoasi? Hozircha terma jamoadan chaqiruv olganim yo'q. Men istalgan paytda vatanim jamoasiga yordam berishga tayyorman. Ukrainada o'ynab terma jamoa murabbiylari nazariga tushish oson emas. Lekin men buni amalga oshirish uchun mehnat qilishda davom etaman", - deydi Teysheyra.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar