So’nggi yangiliklar

01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  6 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  4 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  1 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  76 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  4 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7

Aleks Telles kim? Uning Lyuk SHou va Brendon Uilyamsdan qanday ustunlik tomonlari bor? Yangiliklar

Aleks Telles kim? Uning Lyuk SHou va Brendon Uilyamsdan qanday ustunlik tomonlari bor?

"Qizil iblislar"ning ushbu mavsumdagi yana bir yangi futbolchisi "Portu" chap qanot himoyachisi Aleks Telles bo'ldi.

Braziliyalikning qanday kuchli taraflari bor? Manchester klubidagi mavjud himoyachilaridan uning ustunliklari nimada? Nima uchun u Serxio Regilon variantidan afzalroq ko'rildi? 

Aleks Telles – Evropada katta tajribaga ega bo'lgan futbolchi. U "Portu"da o'zining hujumga o'tish salohiyatini ko'rsata olgan

Braziliyalik 2014 yilda Evropa(Turkiya)ga ko'chib o'tdi va Roberto Manchini boshchilik qilgan "Galatasaray" futbolchisiga aylandi, o'sha paytda tarkibda Hamit Altintop, Uesli Sneyder va Dide Drogba kabi yulduzlar bor edi. 

Aleks Turkiyada 60 uchrashuv o'tkazib, 2 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgandan so'ng, italiyalik mutaxassisning ortidan Milanga yo'l oldi va u erda bir yil davomida ijarada o'ynadi. Telles "qora va ko'klar" tarkibida Yuto Nagotomo bilan raqobatlashdi, shu sababli vaqti-vaqti bilan himoyaning qarama-qarshi qanotida o'ynashiga to'g'ri keldi. Braziliyalik futbolchi Italiyada 22 uchrashuv o'tkazib, 1 ta golli pas berishga muvaffaq bo'ldi.   

Va nihoyat, "Inter"dagi ish safaridan so'ng, Aleks "Portu"ga o'tdi, u erda uning istedodi to'liq namoyon bo'ldi va Evropa maydonida taniqli o'yinchiga aylandi. U Portugaliyada darhol asosiy tarkib azosi bo'ldi va o'zining dispetcherlik funkciyalarini bajarishni boshladi, o'tgan to'rt mavsum davomida barcha turnirlarda 50 ta uzatmani qayd etdi. 

Himoyachi aynan hujum qilish qobiliyati tufayli mahshhurlikka erishgan. Aleks shuningdek, uzun va qisqa paslar, standart vaziyatlardan foydalanish, uzoq masofaga tez yugurish, turli masofalardan zarba berish va bosim ostida ham to'pni o'zida saqlay olish xususiyatiga ega. 

Hujumda yuqori mahoratga ega bo'lgan braziliyalik o'z darvozasi oldida kuchli emas, u himoyalanish bo'yicha jismoniy xususiyatlarga ega emas, lekin bosh bilan yaxshi o'ynaydi. Telles to'pni olib qo'yish fazilati bilan maqtana olmaydi (to'p olib qo'yish – bir o'yinda o'rtacha 1,1 marta). Statistikaga ko'ra, bir o'yinda o'rtacha 1,7 marta fol ishlatadi, bu esa Aleks tez-tez qoida buzib turishini anglatadi. Unda ayniqsa, taktik follar soni ko'p uchraydi. SHu bilan birga, yuqorida takidlanganidek, bosh bilan yaxshi o'ynaydi. Havodagi kurashda g'oliblik – bir o'yinda o'rtacha 1,7 marta kuzatiladi. 

Qizig'i shundaki, Aleks mustahkam sog'lig'i bilan ajralib turadi: u butun faoliyati davomida jarohat tufayli atigi 100 kunni o'tkazib yuborgan ("Gremio" va "Portu"da 15 uchrashuvdan). Bilasiz, Lyuk SHou jarohatga moyillik darajasi bo'yicha "Yunayted" futbolchisi sifatida atigi(!) 678 kun(113 uchrashuv)ni o'tkazib yuborgan.

Tellesning MYUga o'zi bilan olib kelgan hujumdagi xilma-xilligidan tashqari uning universalligi muhim ustunlik bo'ladi: Aleks chap qanotni to'liq yopishga qodir, ham himoyachi, ham yarim himoyachi poziciyasida to'p tepa oladi.

Ushbu futbolchining kelishi mankunianlar asosiy tarkibidagi raqobatni sezilarli darajada kuchaytiradigan bo'ldi va agar u tezda Premer-ligaga moslashishga ulgursa, u holda Lyuk SHou tez orada zaxira o'rindig'ida o'tirishiga to'g'ri keladi.

Brendon Uilyamsning istiqboli vatandoshi(SHou)ga qaraganda yorqinroq ko'rinadi, chunki yosh ingliz himoyaning ikkala qanotida ham o'ynay oladi. Bu borada u nafaqat Telles, SHou, balki Uan-Bissaka bilan ham raqobatlasha oladi.  

Yuqoridagilardan tashqari, agar zarur bo'lsa, Telles penaltini muntazam amalga oshiruvchi Brunu Fernandeshni almashtirishi mumkin. Braziliyalik futbolchining 19 ta urinishidan 16 tasi muvaffaqiyatli chiqqan. "Yunayted"ning boshqa o'yinchilari(Pogba, Reshford, Marsyal)da ushbu komponent bilan bog'liq muammolar va penaltilar sonining ko'pligini hisobga olgan holda (o'tgan mavsumda – 22 ta, shundan 4 tasi urilmagan), bu qobiliyat "qizil iblislar" uchun foydali bo'ladi.

Bonus. Xo'sh, Aleks Telles kuchlimi yo Serxio Regilon? 

Ispaniyalik va braziliyalikning o'yinlari ozmi-ko'pmi bir xil, ularning ikkalasida ham alohida ustunlik yo'q. 

Aleks Telles driblingga qarshi turishda, ikkinchi qavatda Regilondan ishonchliroq harakat qiladi.

Serxio Regilon esa uzun paslarni tez-tez ishlatadi, dribling namoyish qilishda nisbatan faolroq.

Barcha malumotlarga asoslanib xulosa qilishimiz mumkinki, futbolchilarning xarakteristikalari deyarli bir xil, ularning qaysi biri Premer-ligada o'z salohiyatini yaxshiroq rivojlantira oladi, buni vaqt ko'rsatadi. 

Ole-Gunnar Sulsher Tellesning transferidan so'ng, qanot himoyachilari rotaciyasi imkoniyatiga ega bo'ldi va pozicion futbolda qo'shimcha hujum variantini qo'lga kiritdi. Ispan va portugal tillarida so'zlashadigan futbolchilar sonini inobatga olgan holda aytish mumkinki, Aleksda jamoaga moslashib ketishda muammo bo'lmasligi kerak.

Marhamat, maqola so'ngida qahramonimizning o'ziga xos mahoratidan bahra oling.


SHerzod Nurmatov tayyorladi.  

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика