So’nggi yangiliklar

14:02Гвардиола: "Ҳаётлигимда ҳеч ким АПЛни кетма-кет тўрт марта ютмайди"  0 13:38Интервью. Анвар Бердиев: "Ҳеч қайси рақиб "Шўртан"га оддий жамоа сифатида қарамаслиги керак"  0 13:21Интервью. Сардор Абдураимов: "Нефтчи"да захирада ўтиргандан, "Машъал"да асосий таркибда ўрнимга эга бўлиш яхшироқ"  0 13:10U-20 Осиё кубоги. Эрон — Япония ўйини учун таркиблар билан танишинг  1 12:57Рамос "Монтеррей" сафида дебют қилди. 38 ёшли ҳимоячи майдонда 80 дақиқа ўйнади  0 12:32Ван Дейк "Реал"га йўл олиши мумкин  2 12:01"Барселона" "Манчестер Сити" вингерини харид қилиши мумкин  1 11:37"Реал" 39 ёшли Модрич билан шартномани 2026 йилга қадар узайтиришга тайёр  5 11:10"Челси"нинг янги мақсади маълум  3 10:00GiveMeSport нашри барча даврларнинг энг яхши дриблинг соҳибини аниқлади  21 09:16«Сурхон» тожикистонлик футболчи билан шартнома имзолади  0 08:48МЛС. Мессининг иккита ассисти жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  19 08:20Sofascore. Кечаги учрашувда Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 07:51Осиё кубоги U-20. Бугун ёшларимиз Жаҳон чемпионатига йўлланмани қўлга киритиши мумкин   20 07:25Саудия Про лигаси. «Ал Иттиҳод» «Ал Ҳилол» ўртасидаги баҳсда йирик ҳисоб қайд этилди  12

Aleks Sandro "Yuve" "Bavariya" to'sig'idan o'ta olishiga ishonmoqda Yangiliklar

Aleks Sandro "Yuve" "Bavariya" to'sig'idan o'ta olishiga ishonmoqda

"Yuventus" himoyachisi Aleks Sandro "Bavariya"ga qarshi javob o'yini oldidan o'z fikrlarini bildirdi.


- "Yuventus" buyuk jamoa. Men juda baxtliman. CHunki menga bu klub ishonch bildirmoqda. Menga Turinda yashash, "Yuventus" libosida o'ynash yoqmoqda. Ushbu jamoada g'oliblik ruhi kuchli. Bu erga ko'chib o'tganingdan so'ng xuddi miyanga chip o'rnatib qo'yishadi va sen doimo g'olib bo'lish haqida o'ylay boshlaysan. Meni ham miyamga chip o'rnatib qo'yishgandek taassurot bo'lmoqda. Klub va futbolchilar meni juda iliq kutib olishdi. Jamoa murabbiylar shtabi, futbolchilar, umuman barcha meni jamoada ko'nikib ketishimda katta ko'maklashishdi. Futbolchilar doimo aloqada bo'lamiz, gaplashamiz va bu jamoa sifatida o'sishimga ham yordam beradi. Hozirgi "Yuventus" yarim yil avvalgidan farq qiladi. Ayni paytda jamoa yanada kuchliroq bo'lib shakllandi. Maydonda bir-birimizni yaxshi tushunamiz, kerakli paytda kim qanday harakatlanishini bilamiz. Kundan-kunga o'sib boryapman, o'yinim yaxshilanayotganini sezyapman. Nafaqat futbolchi, balki inson sifatida ham o'sishga erishyapman.

Dibala va Pogba - bu ikki chempion futbolchilar. Ular dunyoning istalgan jamoasida yuqori saviyada o'ynashlari va "Oltin to'p"ga davogarlik qilishlari mumkin. Hamyurtim Neymarning "Barselona"dagi ishlari yurishayotganidan xursandman. Ko'pchilik Neymar evropada yo'qolib qoladi deb taxmin qilgandi. Ammo Neymar yuqori darajadagi futbolchi ekanini isbotlamoqda. Kun kelib Neymar, Dibala va Pogba "Oltin to'p" uchun o'zaro raqobatlashishadi.

Biz barchamiz juda katta o'yin ostonasida turibmiz. Hamma bu safar yanada yaxshiroq natija qayd etishimizga ishonmoqda. Biz Germaniyaga g'alaba maqsadida boramiz va o'z kuchimizni isbotlaymiz.CHunki bizning tarkibimizda ham tajribali va yuqori saviyali futbolchilar bor. Jamoamizda g'oliblik ruhi yuqori top darajadagi futbolchilar etarli va ular g'alaba qozonishimizga katta yordam berishadi.


Eslatib o'tamiz, ECHL nimchorak final doirasidagi "Yuventus" - "Bavariya" (2:2) to'qnashuvining dastlabki bahsida tomonlar murosa ko'chasini tanlashgandi. Ertaga esa ushbu jamoalar Myunxenda chorak final masalasini hal qiluvchi o'yinda maydonga tushishadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика