Aleks Fergyuson sharafiga bronzadan haykal o'rnatiladi
30 iyu 2021 07:11
Yangiliklar
Aleks Fergyuson sharafiga bronzadan haykal o'rnatiladi
SHotlandiyaning "Aberdin" jamoasi klubning sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson sharafiga katta haykalni buyurtma berdi.
Bronzadan yasalgan ushbu haykal "Aberdin" stadioni hududida o'rnatiladi.
Haykaltarosh Endi Edvard ushbu haykalni ser Aleksning 1980 yilda olingan surati (chempionlikni nishonlayotgan lahza) asosida yasaydi.
O'shanda SHotlandiyada so'nggi 15 yil ichida "Seltik" va "Reynjers"dan boshqa jamoa chempionatda g'alaba qozongandi.
"Aberdin" Fergyuson boshchiligida uch marotaba SHotlandiya chempionligini, to'rt marotaba mamlakat kubogini, shuningdek bir martadan kubok egalari kubogi va Evropa superkubogini qo'lga kiritgan. 1986 yilda esa murabbiy "Manchester Yunayted"ga yo'l olgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar