Aleks Fergyuson: "Bu kunni sabrsizlik bilan kutayapman"
16 fev 2019 19:12
Yangiliklar
Aleks Fergyuson: "Bu kunni sabrsizlik bilan kutayapman"
Bugun "Manchester Yunayted" rasmiy tvitteri Ser Aleks "Old Trafford"ga qaytayotganini elon qildi.
Unga ko'ra, Fergyuson "Old Trafford"da "Bavariya"ga qarshi xayriya o'yini mobaynida jamoaga murabbiylik qiladi.
Ushbu bellashuv 26 may kuni bo'lib o'tadi va 1999 yilgi trebl (Angliya chempionligi, Angliya kubogi va CHempionlar ligasi g'olibligi)ning 20 yilligiga bag'ishlanadi. O'yinni "Manchester Yunayted"ning xayriya fondi tashkillashtirmoqda.
Afsonaviy murabbiy bu haqda fikrlarini bildirib o'tdi.
"Men bu kunni sabrsizlik bilan kutayapman. Bu "Old Trafford"da o'zgacha kun bo'ladi. Bir qator tanish chexralar bilan uchrashish ajoyib bo'ladi. O'z navbatida, bu "Manchester Yunayted" fondini qo'llab-quvvatlash uchun yaxshi imkoniyat", - dedi Fergyuson.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar