So’nggi yangiliklar

13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  0 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  1 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  2 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  8 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  1 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2 07:35Лионель Месси жароҳат олди  2 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0 06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  2 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  3

Alberto Zakkeronining kursisi qimirlab qoldi Yangiliklar

Alberto Zakkeronining kursisi qimirlab qoldi

Garchi o'rtoqlik o'yinida BAA terma jamoasi Laosni 3:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa-da, bosh murabbiyning ishlari yaxshi emas.

Malum bo'lishicha, yaqin bir necha kun ichida BAA futbol federaciyasi italiyalik murabbiy Alberto Zakkeronining ishini ko'rib chiqadi. BAA termasi Ispaniyada yig'in o'tkazib, Laos bilan o'sha erda o'ynadi. BAA futbol federaciyasiga terma jamoaning bungacha o'tkazgan beshta o'yindan to'rttasida mag'lubiyatga uchragani yoqmayapti, qolaversa futbolchilar shu o'yinlarda atigi uchta gol urishdi.

Natijada 65 yoshli murabbiyning kursisi qimirlab qoldi. Terma jamoa bungacha 3-4-3 sxemasida o'ynab kelayotgandi, ammo Zakkeroni kelganidan beri 4-2-3-1ni tanlayapti va jamoa himoyaviy futbol namoyish etmoqda. Qolaversa, Zakkeroni Omar Abdulrahmon, Ali Mabxut kabi futbolchilarning imkoniyatlaridan to'liq foydalana olmayapti.

Alberto Zakkeroni 2011 yilgi Osiyo Kubogida Yaponiya bilan g'olib chiqqandi. U BAA bilan (musobaqa mezboni) ham shu natijani qo'lga kirita oladimi? Federaciyani ko'proq shu savol o'ylantirmoqda. O'z ismini matbuot orqali oshkor etishni istamagan federaciya xodimi bu borada shunday dedi:

- "Osiyo Kubogi bizning mamlakatda o'tkaziladi va mezbon sifatida g'olib chiqishni xohlaymiz. Lekin Zakkeroni bilan bu ishni bajara olamizmi, hozir shu haqda bosh qotiryapmiz. Ko'rfaz Kubogida yarim finalgacha bordik, lekin biz yanada ko'prog'ini xohlaymiz. Ispaniyadagi yig'in chog'ida Trinidad va Tobagoga 0:2 hisobida yutqazib qo'ydik, Andorra bilan 0:0 o'ynagan bo'lsak, Gabonga ham mag'lub bo'ldik. Agar Zakkeroni terma jamoaga yangilik kirita olmasa, u Osiyo Kubogigacha ishdan ketishi mumkin".

Italiyalik mutaxassis o'z lavozimini bo'shatib beradigan bo'lsa, uning o'rniga nomzodlar bor. Eng asosiy nomzod sifatida "Al Ayn" bosh murabbiyi Zoran Mamich qaralyapti. SHuningdek, Xenk ten Kate, Rui Faria kabi murabbiylardan biri Zakkeronining joyini egallashi mumkin.

BAA terma jamoasi oktyabr oyida Gonduras va Venesuelaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Osiyo Kubogi esa 5 yanvar kuni Bahraynga qarshi bahs bilan boshlanadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика