Alba Neymarning "Barsa"ga qaytishiga ishonmaydi
27 jan 2019 11:17
Yangiliklar
Alba Neymarning "Barsa"ga qaytishiga ishonmaydi
"Barselona" futbolchisi Xordi Alba braziliyalik sobiq jamoadoshi, bugungi kunda PSJda faoliyat olib borayotgan Neymarning klubga qaytishiga ishonmayapti.
"Neymar ajoyib futbolchi. Eng zo'rlardan biri. U ketishga qaror qildi. Ammo, uning qaytishidan mantiq ko'rmayapman. Bunga ishonmayman.
Neymar yaxshi futbolchi va har birimiz uchun ajoyib do'st. Pedro va Bartra ham ana shunday bo'lishgandi. Ammo, ularning qaytishi haqida "Barselona"da xech kim gapirmayapti.
Albatta, yakuniy qarorni uning o'zi qabul qiladi va buni hurmat qilishimiz kerak. Ammo, to'g'risini aytsam Neymarning "Barsa"ga qaytishiga ishonmayapman", - dedi Alba.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar