Alba: "Muxlislarning chalgan xushtagi menga yoqmadi"
08 mar 2020 11:20
Yangiliklar
Alba: "Muxlislarning chalgan xushtagi menga yoqmadi"
"Barselona" himoyachisi Jordi Alba LaLiganing 27-turi doirasida "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda muxlislarning chalgan xushtagi haqida gapirdi.
"O'z stadioningda senga qarshi kayfiyatda odamlar yig'ilsa, hech kimga yoqmaydi. Men ularni qattiq hurmat qilaman, ular ham shunga yarasha javob qaytarishlari kerak.
Biz o'z ishimizni sidqidildan bajaryapmiz, har bir futbolchi maydonda qo'ldan kelganicha o'ynamoqda. Men tez xafa bo'ladiganlardan emasman. O'zini va bizni hurmat qilib, xushtak chalmaganlarni qadrlayman.
Ishlar noideal ketayotgan paytda barcha bir-birini qo'llab-quvvatlashi kerak. Ha, bilamiz, bu hozir eng yaxshi holatimizda emasmiz, bu davrni o'tkazish qiyin bo'ladi.
Holatni o'zgartirishimiz uchun esa birgalikda harakat qilishimiz kerak", - dedi Alba.
Fikrlar