Alba jarohat oldi va "El Klasiko"ni o'tkazib yuborishi mumkin
05 okt 2020 18:12
Yangiliklar


Alba jarohat oldi va "El Klasiko"ni o'tkazib yuborishi mumkin
"Barselona" himoyachisi Jordi Alba Ispaniya chempionati 5-tur doirasidagi "Sevilya" (1:1)ga qarshi o'yinda jarohat oldi.
Endilikda futbolchi 25 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan Madridning "Real" klubiga qarshi "El Klasiko"ni o'tkazib yuborishi mumkin.
Kataloniya klubi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, ispaniyalik futbolchi tizzasidan jarohat oldi.
"Barselona" La Liga 6-tur doirasida "Xetafe" bilan o'ynaydi. O'yin 18 oktyarbda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
01:55
ECHL. PSJ Ramushning oxirgi daqiqalardagi goli evaziga "Barselona"ni mag'lubiyatga uchratdi 183

Fikrlar