Alba: "Ispaniya pley-offga chiqadi. Bunga ishonaman"
20 iyu 2021 12:19
Yangiliklar
Alba: "Ispaniya pley-offga chiqadi. Bunga ishonaman"
Ispaniya termasi himoyachisi Jordi Alba Evro-2020 doirasida Polsha bilan o'yindagi durang haqida gapirdi.
"Bugun ham o'tgan o'yindagi kabi g'alabaga munosib edik. Ammo ko'plab vaziyatlarni ura olmadik, omadimiz kelmadi. Jamoa bilan chin yurakdan qattiq mehnat qildik: bizga hujumdagi intensivlik etishmadi. SHu ruxda ishlashda davom etsak, kerakli natijaga erisha olamiz.
Navbatdagi bahsda eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak. Biz qilayotgan mehnatimiz ortidan holatni o'zgartira olamiz va ko'plab g'alabalarni qo'lga kiritishimizga ishonaman. Oldimizga yuqori maqsadlarni qo'yganmiz.
Bor kuchimiz bilan o'ynadik. Polsha ham kuchli raqib. Navbatdagi o'yinda yutsak, guruhdan chiqamiz. Biz bunday bosimlarga doimo duch kelganmiz. Ishonamanki, Ispaniya pley-offda bo'ladi", - dedi Alba.
Fikrlar