Alan Pardyu: "Nima qilayotganimni bilaman"
30 okt 2014 13:44
Yangiliklar


Alan Pardyu: "Nima qilayotganimni bilaman"
"Nyukasl" bosh murabbiyi Alan Pardyu "Manchester Siti"ga qarshi Angliya liga Kubogi doirasidagi uchrashuv haqida o'z fikrini bildirdi.
"G'alabani muxlislarimizga bag'ishlaymiz. Bugun biz uchun g'alaba muhim edi. Tanqidlarga keladigan bo'lsak, men nima qilayotganimni bilaman. "Nyukasl" murabbiyi sifatida "Arsenal"dan tashqari barcha jamoalarni er tishlatganman. SHu sababli ularga qarshi o'yinni sabrsizlik bilan kutyapman" - deydi murabbiy.

Fikrlar