Alaba: “Hozir “Bavariya”dan ketish haqida o'ylamayapman”
16 dek 2019 22:18
Yangiliklar
Alaba: “Hozir “Bavariya”dan ketish haqida o'ylamayapman”
“Bavariya” himoyachisi David Alaba myunxenliklar safini tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga o'z munosabatini bildirdi.
“Men kelajagimdan xotirjamman. Hozir jamoada yuqori saviyadagi himoyachilar bor va ular jarohat olishgan. Men o'zimga belgilangan vazifani bilaman va bor kuchim bilan jamoa yordam berish harakatidaman. Bu erda qolish qolmasligimni vaqt ko'rsatadi.
Oldimda bir qator variantlar bor. Ammo asosiy maqsadim “Bavariya” bilan muvaffaqiyatga erishmoqchiman. SHu sabab ketish haqida o'ylayotganim yo'q”, deya Alabaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Sport1
David Alabaning “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yozida nihoyasiga etadi. Uning jamoada qolish qolmasligi hozircha mavhum bo'lib qolmoqda. Yozda nemis klubi futbolchini “Barselona” vingeri Usmon Dembelega almashtirish varinatini ko'rib chiqqandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar