Alaba "Bavariya"dan ketishga yaqin
09 sen 2020 23:57
Yangiliklar
"Bavariya" himoyachisi David Alaba ushbu transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.
28 yoshli avstriyalik va Myunxen klubi hali yangi shartnoma borasida kelisha olishmadi. Alaba va "Bavariya" o'rtasidagi amaldagi kelishuv 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Xabar qilinishicha, futbolchi yiliga 20 million evrodan ko'proq pul olishni xohlamoqda.
Agar "Bavariya" yaxshilangan taklif bilan chiqmasa, u holda Alaba boshqa klubga ketadi, shunda myunxenliklar ham pul ishlab olishlari mumkin bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Alaba Myunxenning "Bavariya" jamoasida 2009 yildan beri o'ynab kelmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar