“Al-Jazira” ikkinchi davrani g'alaba bilan boshladi
05 fev 2015 11:02
Yangiliklar

“Al-Jazira” ikkinchi davrani g'alaba bilan boshladi
Kecha BAA chempionatida ikkinchi davra uchrashuvlariga start berildi.
“Bunyodkor”ning Osiyo CHempionlar ligasi-2015 “pley-off” bosqichidagi raqibi Abu-Dabining “Al-Jazira” klubi 14-tur doirasida autsayder “Ajman”ni qabul qilib, irodali 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Avvaliga 44-daqiqada Krivellaro “Al-Jazira” darvozasiga to'p kiritib, “Ajman”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq ikkinchi bo'limda tashabbus to'liq Erik Gerets shogirdlari tomonida bo'ldi. Vuchinichning dubli va Lanzini tomonidan kiritilgan gol yakunda “Al-Jazira”ga 3:1 hisobidagi g'alabani taqdim qildi.
BAA chempionati. 14-tur
4 fevral.
“AL-JAZIRA” – “AJMAN” 3:1 (0:1)
Gollar: Krivellaro 44 (0:1), Vuchinich 50 (1:1), Vuchinich 58 (2:1), Lanzini 71 (3:1)
“Al-Jazira” tarkibi: 36.Halid Al-Senani, 60.Said Bashir, 23.Halid Sabel (82.Sulton Al-Suvaydi 74), 4.Yosir Matar (45.Ahmad Al-G'ilani 59), 28.Saif Halfan Said, 8.Abdulla Musa, 10.Lanzini, 13.Hamis Ismoil, 9.Vuchinich, 11.Pitroipa, 7.Ali Ahmad Mabxut (22.Halfan Al-SHamsi 85)
Abu-Dabi jamoasi 14-turdan so'ng 30 ochko jamg'argan holda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar