So’nggi yangiliklar

15:01Расман: "Байер" Бундеслига 2 туридан кейин Тен Хагни ишдан бўшатди  1 14:44Алексис Санчес Ла Лигага қайтмоқда  0 14:18"Бетис" Антонининг трансферини ҳал қилди — Here We Go!  0 13:54"Арсенал" 14 йилдан бери "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этолмаяпти  0 13:2239 ёшли Жеймс Милнер АПЛ тарихига кирди  2 12:54Доннарумма "Манчестер Сити"да — Here We Go!  1 12:25"Бешиктош"га янги мураббий тайинланди  0 12:01Шотландия клуби Қозоғистон терма жамоасининг икки футболчисини кузатмоқда  1 11:37Эдерсон 13-14 млн евро эвазига "Фенербахче"га ўтмоқда — Here We Go!  3 10:45"Милан" Адриен Рабьони сотиб олади  0 10:17ПСЖ футболчи фаолиятини "Фенербахче"да давом эттиришга яқин  0 09:48"Манчестер Сити" футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  3 09:21Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳо олишди?  9 08:52Ўзбекистон U-23 терма жамоаси сафида ўзгариш юз берди  2 08:25Sofascore. Кеча асосий таркибда майдонга тушган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  6

“Al Xor”dan taklif, “Surxon”ning bunga munosabati, Qatardagi maqsadlari borasida Baxtiyorjon Qosimov bilan suhbat Yangiliklar

“Al Xor”dan taklif, “Surxon”ning bunga munosabati, Qatardagi maqsadlari borasida Baxtiyorjon Qosimov bilan suhbat

Mavsumning dastlabki qismini "Surxon" tarkibida o'tkazgan yarim himoyachi Baxtiyorjon Qosimov Qatarning "Al Xor" klubi bilan shartnoma imzoladi.

SHundan keyin, futbolchi bilan bog'lanib, saytimiz uchun intervyu oldik. 

- “Al Xor” klubiga o'tishim juda tez amalga oshdi. O'zim ham buni ochig'i kutmagandim. Aniqrog'i, yangi klubga ko'chib o'tishim 3 yoki 4 kun ichida hal bo'ldi. “Surxon” klubi vice-prezidenti Jahongir aka Usmonov menga Qatardan taklif bo'layotganini aytdi hamda menga tanlash imkoniyatini taqdim qildi. Buning uchun u insonga minnatdorchilik bildiraman. “Al Xor” klubiga o'tishim aynan shu inson tufayli amalga oshdi. 

- Jamoa bilan qancha muddatli shartnoma imzoladingiz?

- SHartnoma muddatim 1 yilga mo'ljallangan. 

- Qatardan taklif bo'lganidan keyin “Surxon” klubidagilar qarshilik qilishmadimi?

- Yo'q. Ular bu taklifni qabul qilishimga hech qanday to'siq bo'lgani yo'q. Buning uchun klubdagi barcha mutasaddilarga minnatdorchilik bildiraman. 

- “Al Xor” klubi sizni qanday kutib oldi?

- Klub juda ham professional. Ajoyib tarzda kutib olishdi. Bundan g'oyat xursandman.

- Qatarga yo'l olishingizning asosiy sababi bu moliyaviy tomonlama yaxshi taklif bo'lganimi?

- Bilasizmi, klub o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan. Yani, yana Qatar Yulduzlar ligasiga qaytishni vazifa qilgan. Qolaversa, rejalari menga juda maqul keldi. Bu esa men uchun hayotimdagi katta burilish vazifasini o'taydi. Legioner sifatida to'p tepishni orzu qilardim va bunday imkoniyat paydo bo'lganidan keyin, undan foydalanishga qaror qildim. Bundan tashqari, moliyaviy tomonlama ham yaxshi taklif bo'ldi. 

- Jamoa sizga alohida kvartira berdimi?

- Hozircha mehmonxonada istiqomat qilib turaman. Yaqin orada jamoa Turkiyaga o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazishga uchib ketiladi. Safardan kelganimizdan keyin, shartnomada ko'rsatilganidek, jamoa menga alohida uy va mashina taqdim qiladi. 

- “Al Xor”ning quyi ligada ishtirok etishi taklifni qabul qilish vaqtida sizni o'ylantirmadimi?

- O'tgan mavsum jamoa to'plar hisobiga quyi ligaga tushib ketgan. Biroq yana Yulduzlar ligasiga qaytish vazifasi borligi meni qiziqtirdi va o'zimni ko'rsatish imkoniyati paydo bo'ldi. SHu sababli taklifni uzoq o'ylab o'tirishdan mano yo'q edi. Xudo xohlasa, jamoaga bejiz kelmaganimni isbotlamoqchiman va “Al Xor”ning elitaga qaytishiga o'z yordamimni berishni istayman.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика