So’nggi yangiliklar

19:22"Динамо" "Ғазалкент"га қарши ўртоқлик ўйинида қатнашди: легионерлар ҳам майдонга тушди  0 19:04"Биз кўпроғига лойиқ эдик". Артета "Ливерпул"га қарши ўйинни таҳлил қилди  1 18:38Слот "Арсенал" билан дуранг нега орқага ташланган қадам эмаслигини тушунтирди  1 18:14Мармуш "Сити"дан кетмоқчи эмас  2 17:45Жаҳон чемпионатининг тўртта юлдузли иштирокчиси март ойида АҚШда учрашади  2 17:18Куни кеча "Сурхон"дан кетган мураббий Зейтуллаев штабида иш бошлади  1 16:57"Арсенал" етакчиси муаммога дуч келди  0 16:35Миржалол Қосимов: "Жон сақлаш учун курашгандан кўра ўйнамаган яхши"  6 16:17Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубоги ўйинида ишлайди  1 15:50Саудия Арабистони гранди Брунуга йирик битим таклиф этмоқда  4 15:22"Арсенал" Англия терма жамоаси ҳимоячиси учун курашга қўшилди  2 14:56Карпенко "Бухоро"дан кетди  1 14:30Суперлиганинг 2025 йилдаги энг яхши мураббийи Қозоғистонда ишлайди  5 14:09​Расман: "Манчестер Сити" Семеньони сотиб олди  4 13:48Токотаев "Локомотив"да тиббий кўрикдан ўтолмади  11

"Al SHabab" OCHLda qanday ishtirok etgan? Yangiliklar

"Al SHabab" OCHLda qanday ishtirok etgan?

9 fevral kuni BAAning "Al SHabab" klubi OCHLda o'zining 23-uchrashuvini o'tkazadi.
"Al SHabab" Osiyo chempionlar ligasida jami 22ta rasmiy uchrashuv o'tkazgan (2tasi pley-offda, 18tasi guruh bosqichida va 2tasi 1/8 finalda). SHularning 6tasida g'alaba qozongan (safarda bitta), 5 marta durang o'ynagan va 11 bor raqiblarga imkoniyatni boy berib qo'ygan.

2009 yil "Al SHabab" "D" guruhida O'zbekistonning "Bunyodkor", Saudiya Arabistonining "Al Ittifoq" va Eronning "Sepaxon" klublariga qarshi kurash olib borgan.

Dubay klubi guruhda 2 g'alaba, 1 durang va 3 mag'lubiyat qayd etib 7 ochko bilan oxirgi pog'onanini egallagan. "Al SHabab" ikkala g'alabani ham o'z uyida qo'lga kiritgan, yagona durang safarda qayd etilgan.

2009 yil
"Sepaxon" - "Al SHabab" 2:0
"Al SHabab" - "Bunyodkor" 2:0
"Al Ittifoq" - "Al SHabab" 4:1
"Al SHabab" - "Al Ittifoq" 1:4
"Al SHabab" - "Sepaxon" 2:1
"Bunyodkor" - "Al SHabab" 0:0

2012 yilda "Al SHabab" musobaqani pley-off bosqichidan boshlagan. O'shanda jamoa guruhga chiqish uchun o'z uyida Farg'onaning "Neftchi" klubini 3:0 hisobida mag'lub etgandi.

Guruhda esa Azizbek Haydarov jamoasi 2ta durang va 4ta mag'lubiyat qayd etib umuman g'alaba qozona olmay guruhda so'nggi o'rinni band etgandi. Safardagi har uchala o'yinda ham imkoniyat boy berilgan. "SHabab" guruh bosqichida Qatarning "Al Garafa", Saudiya Arabistonining "Al Hilol" va Eronning "Persepolis" klubiga qarshi o'ynagan.

2012 yil
"Al SHabab" - "Neftchi" 3:0
"Al SHabab" - "Al Garafa" 0:0
"Persepolis" - "Al SHabab" 6:1
"Al SHabab" - "Al Hilol" 1:1
"Al Hilol" - "Al SHabab" 2:1
"Al Garafa" - "Al SHabab" 2:1
"Al SHabab" - "Persepolis" 1:3



2013 yilda ham Haydarov jamoasi guruh bosqichiga pley-off orqali chiqqan. Eronning "Saba Qum" klubiga qarshi safarda o'tgan yagona bahsda 1:1 hisobi qayd etilgan. Penaltilar seriyasida "Al SHabab"ga omad kulib boqqan - 5:3.

Jamoa Qatarning "Lahviya", O'zbekistonning "Paxtakor" va Saudiya Arabistonining "Al Ittifoq" klublari bilan bir guruhdan joy olgan. Guruh bosqichida BAA klubi ancha yaxshi ishtirok etgan va ilk bor 1/8 finalga chiqqan. "SHabab" uchun aynan shu bosqich oxirgisi bo'lib qolgan. Dubayda o'tgan ilk bahsda "Istiqlol" 4:2 hisobida g'alaba qozongandi. Erondagi javob uchrashuvida hisob ochilmagandi.

2013 yil
"Sabo Qum" - "Al SHabab" 1:1 (pen: 3:5)
"Lahviya" - "Al SHabab" 2:1
"Al SHabab" - "Paxtakor" 0:1
"Al SHabab" - "Al Ittifoq" 1:0
"Al Ittifoq" - "Al SHabab" 4:1
"Al SHabab" - "Lahviya" 3:1
"Paxtakor" - "Al SHabab" 1:2
"Al SHabab" - "Istiqlol" 2:4
"Istiqlol" - "Al SHabab" 0:0
 

Eslatib o'tamiz, "Bunyodkor" - "Al SHabab" uchrashuvi 9 fevral kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi. O'yin soat 17:00da boshlanadi.
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика