"Al Sadd" va Qatar terma jamoasi himoyachisi Abdulkarim Hassan 5 oyga chetlatildi
22 okt 2019 17:10
Yangiliklar


"Al Sadd" va Qatar terma jamoasi himoyachisi Abdulkarim Hassan 5 oyga chetlatildi
"Al Sadd" futbolchisi 5 oy davomida OCHL doirasidagi o'yinlarda maydonga tusha olmaydi.
Himoyachi Osiyo CHempionlar Ligasi yarim final dastlabki o'yin doirasida hakamga qarshi ishlatgan harakati uchun OCHL doirasidagi o'yinlardan 5 oyga chetlatildi.
Qatar terma jamoasi himoyachisi bundan tashqari 5 ming dollar miqdoridagi mablag'ni jarima sifatida to'laydi.
O'yin davomida ummonlik hakam Ahmad Al Kaf futbolchining qo'polligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatgan. Hassan esa jahl bilan to'pni tepib yuborgan va hakam etiroz bildirishni davom ettirgan. Kaf shundan so'ng unga qizil kartochka ko'rsatgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar