"Al Sadd" 10:1 hisobida yutdi, bir futbolchi 7ta gol urdi
12 avg 2018 23:59
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/448441_original.jpg)
![](/upload/storage/448441_220.jpg)
"Al Sadd" 10:1 hisobida yutdi, bir futbolchi 7ta gol urdi
Bugun Qatar Yulduzlar ligasida 2-tur o'z yakuniga etdi.
Turning oxirgi o'yinida "Al Sadd" o'z maydonida "Al Arabi"ni qabul qilib 10:1 hisobida tor-mor etdi. Xavi va Gabi kabi ispaniyalik mashhur futbolchilar o'ynayotgan "Al Sadd" safida jazoirlik hujumchi Bag'dod Bunedja 7ta gol urishning uddasidan chiqdi.
Etiborlisi 1-turda "Al Sadd" "Al Xaraytiat"ni 6:0 hisobida taslim qilgan va Bunedja 3ta gol urgandi. Dastlabki 2 turdan keyin to'purarlar poygasida ushbu hujumchi 10ta gol bilan yakka peshqadam bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar